Daryo

Uyqudan oldin gadjetlardan foydalanishning zarari ma’lum qilindi

Yaxshi uxlash uchun qorong‘i tushishi bilan gadjetlardan foydalanmaslik kerak

1 daqiqa o‘qish46 876 ko‘rishlar0 izoh5
Foto: Ren TV

Qorong‘i xonada yorqin ekranli gadjetlardan foydalanish bosh miya zonalarini zo‘raytirishi, uning faoliyatiga ta’sir ko‘rsatib, bosh og‘rig‘ini keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda “DocDoc.ru” tibbiyot direktori Vladislav Muhammad Aliga tayanib, “Praym” nashri xabar berdi.

Foto: Ren TV

Ekspert yaxshi uxlash uchun qorong‘i tushishi bilan gadjetlardan foydalanmaslikka chaqiradi. “Biz ekranda yorqin yorug‘likni ko‘rmayotgan bo‘lsak ham, bosh miya baribir undan ta’sirlanadi”, — deydi u.

Mutaxassisning aytishicha, uxlashdan oldin smartfondan foydalanuvchilarga qurilmani “tungi rejimga” o‘tkazib qo‘yishni lozim. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ko‘z o‘tkirligini saqlab qoladi va miyaga zarar yetkazmaydi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar