• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Xitoyda sud birinchi marta erkak kishiga sobiq xotiniga uy yumushlari uchun tovon puli to‘lash majburiyatini yukladi. Ayolning foydasiga 7,7 ming dollar to‘lash belgilandi

    Pekinda sud ajrim vaqtida erkakka butun turmush mobaynida bajargan uy ishlari uchun xotiniga tovon puli to‘lash majburiyatini yukladi, deb yozadi Meduza mahalliy nashrlardan biriga tayanib.

    Pekinda do‘konga navbat. 2021-yil, fevral

    Pekinda do‘konga navbat. 2021-yil, fevral
    Foto: AP Photo

    Janob Chen va Van xonim 2015-yilda turmush qurgan, o‘g‘il farzand ko‘rgan. 2020-yilda Chen ajrashish uchun ariza bergan. Uy bekasi bo‘lgan xotini uni maishiy masalalar bilan shug‘ullanmaganlikda va farzandi haqida qayg‘urmaganlikda ayblab, 160 ming yuan (24 800 dollar) miqdorida tovon puli talab qilgan.

    Sud Chen xotiniga ularning turmushi davomida bajargan uy yumushlari uchun 50 ming yuan (7,7 ming dollar) tovon puli to‘lashi kerakligi haqida qaror chiqardi. Bundan tashqari, sud bolani onasi bilan qoldirib, sobiq erga har oy 2 ming yuan (300 dollar) miqdorida aliment to‘lash majburiyatini ham yukladi.

    South China Morning Post nashri yozishicha, bu Xitoyda qabul qilingan birinchi shunday sud qaroridir. 1-yanvardan mamlakatda Fuqarolik kodeksining yangi tahriri amal qilishni boshlaganidan keyin bunday qarorni chiqarish imkoniyati yuzaga keldi. U er yoki xotin nikoh mobaynida bolalar tarbiyasi yoki keksalar parvarishi borasida katta mas’uliyatni o‘ziga olgan bo‘lsa, shuningdek, turmush o‘rtog‘iga uning ishida yordam bergan bo‘lsa, ajrim chog‘ida tovon puli talab qilish imkoniyatini beradi.

    Xitoy OAVlari ushbu voqea haqida fevral boshidayoq yozishni boshlagan edi. U katta shov-shuvni keltirib chiqardi. U bilan bog‘liq xeshteg Weibo mikrobloglar platformasida (u mamlakatdagi eng ommabop ijtimoiy tarmoq) bir necha hafta ichida 570 million martadan ko‘proq ko‘rildi. Weibo foydalanuvchilarining ba’zilari ayolga juda kam tovon puli belgilangan deb hisoblagan. “Uy bekasining ishiga yetarlicha baho berilmaydi. Pekinda bolaga enaga yollash bir yilda 50 ming yuandan qimmatroqqa tushadi”, — deyiladi izohlardan birida.

    Tovon puli haqida qaror qabul qilgan sudya Fen Myaoning aniqlik kiritishicha, pul qiymatini belgilashda nikoh davom etgan vaqt, Van xonimning uy yumushlariga qo‘shgan hissasi, erining daromadi va Pekinda hayot kechirish narxi kabi bir nechta omillarga tayangan.

    Xitoy qonunchiligi 2001-yildanoq ajrim vaqtida uy ishlari uchun tovon puli talab qilish imkonini beradi. Ammo bu qoida ilgari faqat birgalikda orttirilgan mulkni bo‘lib olish haqida bitim tuzgan er-xotinlarga nisbatan amal qilardi. Xitoylik er-xotinlarning 3-5 foizigina shunday yo‘l tutardi, shu sababli Fuqarolik kodeksining yangi tahririda ushbu qo‘shimcha shart olib tashlandi.

    CNN yozishicha, Xitoyda so‘nggi yillarda nikohlar soni pasayib, ajrimlar ko‘paymoqda. Birinchi marta turmush qurgan aholi 2013-yilda 23,8 million kishini tashkil qilgan bo‘lsa, 2019-yilga kelib, 13,9 million kishigacha kamaydi. Mamlakatda ajrimlar soni esa, aksincha, 1990-yildagi har ming kishiga 0,69 dan 2019-yildagi har ming kishiga 3,36 gacha oshdi.

    Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti ma’lumotlariga qaraganda, Xitoyda ayollar puli to‘lanmaydigan ishga kuniga 234 daqiqa, erkaklar — 91 daqiqa vaqt sarflaydi. Ushbu tashkilot metodikasi bo‘yicha, puli to‘lanmaydigan uy ishlariga uy yumushlari, do‘konlarga borish, oila a’zolariga g‘amxo‘rlik qilish, ko‘ngillilik, uy ishlari yuzasidan safar qilish va boshqa to‘lanmaydigan faoliyat turlari kiradi.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekiston va Xitoy ayollar huquqlarini himoya qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolaydi
    • Xitoylik ayol sobiq sevgilisining to‘yini buzishga urindi (video)
    • Xitoylik ayol 10 yil farq bilan egizak farzandlarni dunyoga keltirdi

    25.02.2021, 14:24   Izoh (0)   26349
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyada maxfiy ma’lumotlarni Xitoyga yetkazgan erkak sakkiz yilga koloniyaga hukm qilindi

    25.02.2021, 14:12

    Venesuela prezidenti Maduro Yevropa Ittifoqiga ultimatum e’lon qildi

    25.02.2021, 13:47

    Jo Bayden Trampning AQShga chet elliklar kirishini taqiqlovchi farmonini bekor qildi

    25.02.2021, 10:43

    Yevropa portlarida rekord hajmdagi — 23 tonnadan ziyod kokain olib kirish holati fosh qilindi

    25.02.2021, 08:22

    Ispaniyada general Frankoning oxirgi haykali o‘z joyidan olib tashlandi (foto+video)

    25.02.2021, 08:08

    Daniyada koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan cheklovlar 1-martdan yumshatiladi

    25.02.2021, 07:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kambodja Trampni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatdi

    Dunyo | 2 avgust, 21:25

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55

    Andijonda “otpuska”dagi o‘qituvchilar maktab taʼmirlayotgani aytilmoqda

    O‘zbekiston | 2 avgust, 20:44

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.