Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha Stranja—2021 musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqa doirasida 25-fevral kuni super og‘ir vazn (+91 kg) toifasida harakat qilayotgan o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov yarim finalda turkiyalik Berat Acharga qarshi ringga chiqdi.
Uch raunddan iborat jangda o‘zbekistonlik sportchi to‘liq ustunlik qildi va yakunda 5:0 hisobida (30:26, 30:27, 30:27, 30:27, 30:27) g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa Bahodir musobaqaning yarim finali yo‘l oldi. Jalolov bundan avvalgi bosqichda fransiyalik bokschini taslim etgandi.
Izoh (0)