“Manchester Siti” Chempionlar Ligasi 1/8 final dastlabki bahsi doirasida kechgan “Borussiya M”ga qarshi uchrashuvda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Bu “shaharliklar” ustozi Xosep Gvardiola uchun Chempionlar Ligasidagi 81-g‘alaba bo‘ldi. Kataloniyalik mutaxassis bu borada “Tottenhem” bosh murabbiyi Joze Mourinyo bilan tenglashib oldi va ro‘yxatda to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha rekordchi “Manchester Yunayted” sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson (102 g‘alaba) hisoblanadi. Shuningdek, Karlo Anchelotti (89) va Arsen Venger (86) top-3 likdan o‘rin olgan.
“Manchester Siti” va “Borussiya M” jamoalari o‘rtasidagi javob o‘yini 16-mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)