• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Yengilmas chempionlar. Futbol tarixida bir mavsum davomida umuman mag‘lubiyatga uchramagan chempion jamoalar haqida

    Angliyaning “Preston Nort End” klubi 1888/89-yilgi mavsumda bir yilgi chempionatni mag‘lubiyatsiz o‘tkazib, g‘oliblikni tantana qilgandi. O‘shandan keyin millionlar o‘yini sezilarli darajada o‘zgardi, ammo futbolda har doim ham mukammal jamoalar bo‘lavermagan, bu kabi natijalar esa juda kamdan kam qayd etilgan. Demak, quyida milliy chempionat doirasida birorta ham o‘yinda mag‘lubiyatga uchramasdan g‘oliblikni tantana qilgan jamoalar haqida fikr yuritiladi.

    “Arsenal” — 2003/04-yilgi mavsum

    Foto: The Telegraph

    Foto: The Telegraph

    “Kanonirlar” hanuzgacha Premyer Liganing butun mavsumini birorta ham mag‘lubiyatsiz o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan yagona jamoa bo‘lib turibdi. Chempionat boshlanishidan oldin ingliz matbuotining asosiy mavzusi “Chelsi”ning rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich tomonidan sotib olingani bo‘lgandi. Jurnalistlar faqat Londonning “ko‘k” qismi haqida gapirayotgan bir paytda afsonaviy murabbiy Arsen Venger tarixdan joy olishga tayyorlanayotgan edi. E’tiborlisi, o‘shanda “Arsenal”ning tarkibi haqiqatan ham mavsum boshida optimal darajada edi. Klub faqat “Borussiya D”dan Yens Lemannni sotib oldi va yosh Sesk Fabregasni “Barselona”ni tark etishga ko‘ndirdi.

    “Arsenal” va “Chelsi” musobaqaning asosiy favoritlari qatorida edi. Jamoalar imkoniyati mavsumning birinchi yarmida teng darajada edi, ammo keyinchalik Venger shogirdlari ketma-ket beshta o‘yinda g‘alaba qozonadi. Ularga yetib olish esa allaqachon imkonsiz ishga aylangandi. “To‘pchilar” asosiy raqiblari bilan bahslarda ham juda ishonchli o‘yin ko‘rsatadi: “Chelsi”(2:1, 2:1) va “Liverpul” (2:1, 4:2) ustidan ikki martadan g‘alaba, “Manchester Yunayted” bilan esa shuncha durang (0:0; 1:1). “Arsenal” umumiy hisobda 90 ochkoni qo‘lga kiritadi va 38 uchrashuvning 26 tasida g‘alaba qozonadi. Ushbu yutuq uchun klub Premyer Liga kubogining maxsus oltin nusxasini olgan.

    “Milan” — 1991/92-yilgi mavsum

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Mashhur Arrigo Sakki ishdan bo‘shatilgandan so‘ng “Milan”ni bungacha klub ma’muriy shtabida ishlab kelgan hech kimga noma’lum Fabio Kapello o‘z qo‘liga oldi. Muxlislar va aksariyat o‘yinchilar Kapelloni xushlamaygina kutib oladi. Katta tajribaga ega bo‘lmagan mutaxassis yulduzlar jamoasiga tushib qoladi. Matbuot va hatto ba’zi muxlislarining shubhalariga qaramay, Fabio dastlabki o‘yinlardanoq shunday o‘yin ko‘rsata boshladiki, “Milan”ni mag‘lub etish deyarli imkonsiz vazifaga aylanadi. Milanliklar A Seriyada g‘alaba qozonish bilan birga chempionatning 34 ta o‘yinida atigi 21 ta gol o‘tkazib yuboradi. “Qizil-qoralar” ayniqsa asosiy raqobatchilari bilan o‘yinlarda ijobiy natijalar qayd etadi: “Yuventus” — 1:1; 1:1, “Torino” — 2:0; 2:2, “Napoli” — 5:0; 1:1.

    Tarkibida Alessandro Kostakurta, Paolo Maldini va Filippo Galli bo‘lgan milanliklarning himoyasiga faqat havas qilish mumkin edi. Klubning Italiya chempionatidagi mag‘lubiyatsiz seriyasi esa 58 uchrashuvga yetadi. Shunday ekan, “Milan”ning yana ikki mavsum chempion bo‘lganligi ham hech kimni ajablantirmasa kerak. Shuningdek, 25 ta gol bilan 1991/1992- yilgi mavsumning eng yaxshi to‘purariga aylangan va jamoaning A Seriyadagi g‘alabali yurishini bezab bergan Marko van Bastenni ham eslatib o‘tish joizdir.

    “Ayaks” — 1994/95-yilgi mavsum

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    O‘tgan asrning 90-yillarda Amsterdam klubining porlashi bevosita Lui van Gal nomi bilan bog‘liq edi. Hali ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan murabbiy “Ayaks” bilan barcha sovrinlarga ega chiqadi. 1991—1995-yillarda “Ayaks” Niderlandiya chempionati, mamlakat Kubogi va Superkubogi, UEFA Kubogi hamda Superkubogi, qit’alararo Kubok va, albatta, Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonadi.

    Jamoa uchun 1994/95-yilgi mavsum ayniqsa, muvaffaqiyatli o‘tadi. O‘sha yili van Gal ajoyib futbolchilar to‘plamini birlashtira olgandi: Edvin van der Sar, Frank Raykard, aka-uka Burlar, Klarens Zeyedorf, Edgar Davids, Patrik Klyuyvert va boshqa bir qator yulduzlar. Jamoa juda tezkor va hujumkor futbol o‘yin ko‘rsatardi. Van Galning qo‘l ostida “Ayaks”ning qanchalik yaxshi o‘ynaganini to‘plar nisbati ham isbotlab turibdi — 106:28. Gollarning uchdan bir qismi Patrik Klyuyvert va Yari Litmanenning hissasiga to‘g‘ri kelgandi — 35 ta. O‘sha yili hatto eng yaqin ta’qibchilar ham “Ayaks”ga yaqin kela olmaydi: PSV (4:1; 1:0) va “Feyenoord (4:1; 5:0). Faqatgina “Roda” (1:1; 1:1) mag‘lubiyatdan qutulib qoladi.

    “Yuventus” — 2011/12-yilgi mavsum

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    2006-yilda Turin klubi kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani uchun ikkinchi divizionga badarg‘a qilinadi. Ikkita chempionlik unvoni esa qaytarib olinadi va “Inter”ga topshiriladi. B Seriyaga tushirib yuborilganidan so‘ng “Yuventus” yana besh mavsum davomida chempionlikni kutishga majbur bo‘ldi. Klub quyi ligaga tushib ketganidan keyingi oltin medalini 2011-yilda Antonio Konte boshchiligida qo‘lga kiritiladi.

    Garchi jamoaning o‘yini mukammal bo‘lmasa ham “Yuve” chempionatning birorta ham o‘yinida mag‘lubiyatga uchramaydi. Himoyada hammasi joyida bo‘lsa (20 ta o‘tkazib yuborilgan gol), hujumdagilarning ishi unchalik yurishmaydi. Mavsum yakunida jamoaning birorta ham futbolchisi mavsumning eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida kuchli o‘nlikka ham kira olmaydi. Shunga qaramay Konte shogirdlari 38 uchrashuvning 23 tasida g‘alaba qozonadi, yana 15 ta o‘yin esa durang bilan yakunlanadi. Taqqoslash uchun ikkinchi o‘rinni egallagan “Milan” 24 g‘alaba va 8 durang qayd etadi. Ammo 6 ta mag‘lubiyat chempionlik uchun kurashda asosiy rolni o‘ynaydi.

    Hujumdagi kamchiliklarga qaramay “Yuve” 2011/12-yilgi mavsumda asosiy raqiblariga qarshi juda yaxshi harakat qiladi: “Milan” 2:0; 1:1, “Udineze” 0:0; 2:1 va “Latsio” 1:0; 2:1. Konte ishdan bo‘shatilishidan oldin ham ketma-ket yana ikki marta chempionlikni qo‘lga kiritadi. “Yuventus” A Seriyada 2012-yildan beri yetakchilikni boy bermayapti.

    “Portu” — 2010/11-yilgi mavsum

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    “Ajdarlar” XXI asr boshlarida Joze Mourinyo qo‘l ostida o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani namoyish etgandi. Ammo Andre Villash-Boash ham Portugaliya grandi tarixida o‘zining o‘chmas izini qoldira olgan va chempionat tarixida birorta ham o‘yinni yutqazmasdan chempionlikni qo‘lga kiritgan birinchi murabbiyga aylangan. “Portu” haqiqatan ham 2010/11-yilgi mavsumda o‘z tarixidagi eng yaxshi natijalardan birini ko‘rsatadi. Jamoa o‘tkazilgan 30 o‘yinning 27 tasida g‘alaba qozonib, ishonchli tarzda chempionlikni qo‘lga kiritadi. Asosiy raqiblar “Benfika” (5:0; 2:1) va “Sporting” (1:1; 3:2) ham ortiqcha qarshilik ko‘rsata olmaydi.

    Lotin Amerikasi vakillari Xalk va Falkaodan iborat bo‘lgan tandem ushbu chempionlikni qo‘lga kiritishda muhim rol o‘ynagan. 23 ta gol bilan braziliyalik musobaqaning yaxshi to‘purariga aylangan bo‘lsa, kolumbiyalik 16 ta gol bilan ikkinchi o‘rinni egallaydi.

    Portugaliya chempionati Yevropaning eng kuchli ligasi hisoblanmasligini aytgan holda yana shuni qo‘shimcha qilish mumkinki, Boash shogirdlari o‘z muvaffaqiyatli yurishini Portugaliya Kubogi, mamlakat Superkubogi va Yevropa Ligasida ham davom ettirgan.

    Villash-Boash ketgandan keyin uning o‘rnini Vitor Pereyra egallaydi. Ushbu mutaxassis ham jamoaning darajasini ushlab qoladi va ketma-ket ikki marta chempionlikni tantana qiladi. Ammo 2012/13-yilgi mavsum “Portu” uchun chinakamiga yorqin kechdi, jamoa o‘z tarixida ikkinchi bor mavsum davomida biror marta ham mag‘lubiyatga uchramaydi. To‘plar nisbati ham shunga monand bo‘ladi – 30 uchrashuvda 70 ga 14. Baoshning muvaffaqiyatli mavsumida esa bu ko‘rsatkich 73 ga 16 ni tashkil qilgandi.

    “Dinamo” va “Shaxtyor”

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ukraina chempionatida “Dinamo” va “Shaxtyor” klublari mag‘lubiyatga uchramagan holda oltin medallarni qo‘lga kiritgan. Kiyevliklar uch marta shu tarzda chempionlikni tantana qilgan – 1999/00, 2006/07, 2014/15-yilgi mavsumlarda. Birinchi marta ushbu yutuq Valeriy Lobanovskiy davrida qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, keyinchalik Anatoliy Demyanenko va Sergey Rebrov shunday natijaga erishgan.

    “Shaxtyor” esa faqat bir marta, 2001/02-yilgi mavsumda “quruq” chempionlikni nishonlagan. O‘shanda “konchilar” italiyalik mutaxassis Nevio Skala boshchiligida ideal mavsumni o‘tkazgandi.

    Nisbatan kuchsizroq chempionatlarda ham shunga o‘xshash hodisalar yuz bergan:

    • Xorvatiya – “Dinamo Zagreb” 2014/15-yilgi mavsum;
    • Chexiya – “Sparta” 2009/10-yilgi mavsum;
    • Serbiya – “Partizan” 2004/05 va 2009/10-yilgi mavsumlar; “Srvena Zvezda” 2007/08-yilgi mavsum;
    • Gretsiya – PAOK 2018/19-yilgi mavsum;
    • Armaniston – “Pyunik” 2003-yilgi mavsum;
    • Bolgariya SSKA Sofiya 2007/08-yilgi mavsum;
    • Kipr – “Apollon Limassol” 2005/06-yilgi mavsum; “Anortosis” 2007/08-yilgi mavsum;
    • Vengriya – “Debretsen” 2011/12-yilgi mavsum.
    Bonus. Benfika – 1977/78-yilgi va “Srvena Zvezda” 2007/08-yilgi mavsum

    Portugaliya va Serbiya jamoalari ham mukammal darajadagi mavsumlarni o‘tkazadi, ammo ularga g‘oliblikni qo‘lga kiritish nasib etmaydi. “Benfika” mavsum davomida 21 g‘alaba, 9 ta durang qayd etib, o‘z darvozasidan 11 ta gol o‘tkazib yuboradi. Biroq “Portu” chempionat o‘yinlarida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa ham duranglar ko‘pligi uchun chempionlikni ilib ketadi.

    Shunga o‘xshash holat “Srvena Zvezda” bilan sodir bo‘ladi. “Qizil-oqlar” 21 o‘yinda muvaffaqiyat qozonadi, yana 12 ta bahsda esa durang qayd etadi. Ammo 75 ochko ham chempion bo‘lish uchun yetarli bo‘lmaydi. “Partizan” azaliy raqibini 5 ochkoga ortda qoldirib, chempionlikni tantana qiladi.

    Boshqa maqolalar: 

    • Rekordmeysterning rekordlari: “Bavariya” tarixidagi eng qimmat transferlar
    • Italiyadan Polshagacha. O‘zbekistonlik legioner futbolchilar qaysi davlatlarda to‘p surmoqda?
    • APLdan quvg‘in qilinganlar. Angliyada omadsizlikka uchragan, ammo boshqa ligalarda javlon urayotgan taniqli futbolchilar
    • “Tep, sen mendan yaxshiroqsan”. Krishtianu Ronaldu haqida qiziqarli faktlar

    24.02.2021, 16:00   Izoh (0)   19147
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Robert Levandovski Chempionlar Ligasi to‘purarlari ro‘yxatida Raulni ortda qoldirdi. Faqat ikki futbolchi undan oldinda

    24.02.2021, 13:26

    Tomas Tuxel: Messi va Ronaldu o‘z o‘rnini Mbappega shunchaki bo‘shatib bermaydi

    24.02.2021, 12:49

    Habib Nurmagomedov Konor Makgregorning kelajagi haqida: Odamda hech qachon 2 ta “pik” bo‘lmaydi

    24.02.2021, 11:58

    Qatar JCh—2022 mezbonligini qo‘lga kiritganidan buyon 6700 dan ortiq mehnat muhojiri vafot etgani ma’lum bo‘ldi

    24.02.2021, 11:00

    Fazliddin G‘oibnazarov MMA’da jang qiladimi? Bokschining o‘zi javob berdi

    24.02.2021, 10:25

    Afsonaviy golfchi Tayger Vuds YTHga uchradi

    24.02.2021, 09:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Sistit — bu uyat emas!

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zinedin Zidan 100 mln yevrolik taklifni rad etdi

    Sport | 1 iyun, 19:40

    Pentagon rahbari Xitoyning Tayvanga hujumiga tayyorlanishga chaqirdi

    Dunyo | 1 iyun, 19:20

    Pokiston va Afg‘oniston chegarasida ISHID yetakchisidan biri ushlandi

    Dunyo | 1 iyun, 18:25

    Rossiyaning yadroviy qurol tashiydigan samolyotlari saqlanayotgan aerodromlar yalpi hujumga uchradi

    Dunyo | 1 iyun, 17:41

    Fransiyada “PSJ” g‘alabasidan keyingi tartibsizliklarda ikki kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 1 iyun, 17:30

    “Manchester Siti” “PSJ” futbolchisi uchun da’vogarlik qilmoqda

    Sport | 1 iyun, 17:10

    Rossiyada ayrim migrantlarga rus tili imtihoni bekor qilinishi mumkin

    Dunyo | 1 iyun, 17:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.