Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov amaliy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklariga borib, tashrif dasturi doirasida Dubay shahri politsiyasi rahbari, general-mayor Abdulloh Xalifa Al-Marri bilan uchrashdi.
Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, uchrashuvda jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida ikki tomonlama hamkorlik o‘rnatish hamda o‘zaro tajriba almashish kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuvdan so‘ng Po‘lat Bobojonov Dubay shahri politsiyasi tizimi faoliyati bilan tanishdi.
Jumladan, Dubay politsiya tizimida huquqni muhofaza qilish sohasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda har xil turdagi huquqbuzarliklarning oldini olish borasida eng zamonaviy axborot texnologiyalar va dasturiy ta’minotlardan tashkil topgan elektron politsiya, xavfsiz va aqlli shahar tizimlari, kuch va vositalarni boshqaruv markazi, kiberjinoyatlarga qarshi kurash markazi faoliyatlari bilan tanishdi.
Shuningdek, Dubay shahridagi turistik obyektlar va tashrif buyuruvchi sayyohlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida Dubay shahrida barpo etilgan “Aqlli politsiya maskani–Smart police station” faoliyatlari bilan tanishdi.
Izoh (0)