Moskvaning “Spartak” klubi yarim himoyachisi Oston O‘runov “Ufa”ga qaytdi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Ufa” o‘zbekistonlik futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olgan. Ijara muddati 2021-yilning 30-iyuniga qadar amal qiladi.
O‘runov 2019/20-yilgi mavsumda “Ufa”da to‘p surgan va Rossiya chempionatida 10 ta o‘yin o‘tkazgandi.
2020-yilning yozida O‘runov “Spartak” jamoasiga o‘tdi. Oston 2020/21-yilgi mavsumda moskvaliklar safida 9 o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.
Mavzuga doir: Italiyadan Polshagacha. O‘zbekistonlik legioner futbolchilar qaysi davlatlarda to‘p surmoqda?
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)