Ispaniyada terrorizmni ulug‘lash va qirollik oilasini haqorat qilishda aybdor deb topilgan reper Pablo Asel hibsga olinganidan keyin ushbu voqeaga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bergan.

Madrid

Foto: Getty Images

Tartibsizliklar Barselona, Madrid va butun Kataloniya bo‘ylab yoyildi. Oqibatda 50 ga yaqin kishi, xususan, Kataloniyada 29 kishi, Madridda 14 kishi hibsga olingan, kamida besh nafar politsiyachi jarohat olgan. Namoyishlar fonida Ispaniya poytaxti talafot ko‘rgan. Barselona va Leridada sakkiz kishiga turli darajada shikast yetgan. Ular asosan yengil, bir kishi esa o‘rta darajada tan jarohati olgan, ikki kishi kasalxonaga yotqizilgan.

Madrid

Foto: Getty Images

Politsiya jamoat tartibini buzishga urinishlarni shafqatsizlarcha bostirgan va namoyishchilarga qarshi rezina o‘q, dubinkalar va ko‘zni yoshlatuvchi gazdan foydalangan. Bunga javoban namoyishchilar huquq-tartibot organlari xodimlariga tosh otgan.

Madrid

Foto: “TASS”

Bundan tashqari, OAV namoyish chog‘ida yong‘in chiqqani haqida xabar bergan.

Barselona

Foto: “TASS”

Barselona

Foto: EPA

Barselona

Foto: Getty Images

Barselona

Foto: EPA

2015-yilda Asel radikal chap qanot terrorizmini ulug‘lagani uchun ikki yillik shartli qamoq jazosiga mahkum etilgan edi, 2018-yilda u yana qamoqqa hukm qilindi. Sud uning Twitter’dagi 64 ta postida va YouTube’dagi bitta kompozitsiyasida terrorizmni ulug‘laydigan hamda monarxiya va davlat muassasalariga qarshi tuhmatlarni o‘z ichiga olgan kontentni yuritganlikda ayblagan.

Barselona

Foto: Getty Images

Reper to‘qqiz oylik qamoq jazosiga hukm qilingandi, ammo sud jarayoni bir necha yilga cho‘zilib ketdi. U 12-fevral kuni qamoqxonaga o‘z ixtiyori bilan kelishi kerak edi, ammo bundan bosh tortdi va Leyda Universitetida o‘zining 50 ga yaqin tarafdorlari ortiga bekindi. Politsiya Aselni qo‘lga olish uchun universitetga bostirib kirishga majbur bo‘ldi.

Barselona

Foto: Getty Images

Avvalroq Chilining janubidagi Pangipuli shahrida mahalliy politsiya tomonidan ko‘cha artisti o‘ldirilgach shaharda ommaviy tartibsizlik boshlangani haqida xabar berilgandi. Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 25 yoshli jonglyor hujjatlarini ko‘rsatishdan bosh tortgan va politsiyadan qochishga uringan. Navbatchi qism xizmatchilaridan biri unga qarata o‘q uzgan.