Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining qoldirilgan 16-turidan o‘rin olgan “Everton” va “Manchester Siti” jamoalari o‘rtasidagi bahs 17-fevral, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Uchrashuvning 32-daqiqasida Fil Foden “shaharliklar”ni oldinga olib chiqdi. Bunga maydon egalari 37-daqiqada Risharlisonning kiritgan to‘pi bilan javob qaytardi.

63-daqiqada Riyod Mahrez mehmonlarning ikkinchi golini urgan bo‘lsa, 77-daqiqada Bernardu Silva yakuniy hisobni o‘rnatdi — 1:3.

Mazkur g‘alabadan keyin ochkolarini 56 taga yetkazib olgan holda eng yaqin ta’qibchisini 10 ochkoga ortda qoldirib, yakka peshqadam bo‘lib turibdi. “Everton” 37 ochko bilan 7-pog‘onada qoldi.

APL

16-tur qoldirilgan o‘yini

17-fevral, chorshanba

“Everton” — “Manchester Siti” 1:3

Gollar: 0:1 – 32 Foden, 1:1 – 37 Risharlison, 1:2 – 63 Mahrez, 1:3 – 77 Bernardu Silva.

“Everton”: Pikford, Din, Kin, Holgeyt, Godfri, Sigurdsson, Devis (Xames, 69), Ivobi (King, 69), Dukure, Mina (Koulmen, 18), Risharlison.

“Manchester Siti”: Ederson, Laport, Ruben Diash, Joau Kanselu, Uoker, Rodri (Fernandinyo, 90), Foden, Marez, Bernardu Silva, Sterling (de Bryuyne, 80), Gabriel Jezus.

Ogohlantirishlar: Dukure (28), Risharlison (45), Sterling (67).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova