• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda “naqdlashtiruvchi korxonalar” doirasidagi mojarolar va tadbirkorlarning noroziliklariga oydinlik kiritildi

    O‘zbekistonda fevral oyining boshidan “obnalchilar” bilan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirgan kompaniyalarning QQS summasiga tuzatish kiritildi yoki hisobga olish bekor qilindi. Bu minglab tadbirkorlar noroziligiga sabab bo‘ldi. Bu holatni biznes-ombudsman o‘rgana boshladi, Davlat soliq qo‘mitasi esa vaziyatga oydinlik kiritdi, deb yozmoqda “Gazeta.uz”.

    Foto: DSQ matbuot xizmati

    Foto: DSQ matbuot xizmati

    “Naqdlashtiruvchi korxonalar” haqida

    DSQ matbuot xizmatining qayd etishicha, “naqdlashtiruvchi korxonalar” tovarlarni sotmaydi va xizmatlarni ko‘rsatmaydi, balki pul mablag‘larini naqdlashtiradi hamda soxta hujjatlarni rasmiylashtiradi.

    Misol uchun, 100 million so‘mlik bitta hisobvaraq — faktura bilan “naqdlashtiruvchi korxonalar” noqonuniy ravishda 15 million so‘m pul ishlaydi. Vaholanki, vijdonli tadbirkor bunday daromad olish uchun bir oy yoki undan ham ko‘proq vaqt mehnat qilishi kerak.

    Bundan tashqari, qo‘mitaning ta’kidlashicha, soxta hujjatlar (hisobvaraq-fakturalar) ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng QQS to‘lovchilari hisobot davri natijalariga ko‘ra hisobvaraq-fakturalarda ko‘rsatilgan QQS miqdorlarini hisobga olish orqali to‘lanadigan soliq miqdorini kamaytiradi va buning natijasida davlat budjetiga zarar yetkazadi.

    “Bir kunlik firma”larning faoliyati noqonuniy bo‘lishiga qaramay, yaqin vaqtgacha ular bilan kurashishning samarali mexanizmi mavjud emas edi.

    Xorij tajribasini hisobga olgan holda Davlat soliq qo‘mitasi davlat budjetiga yetkazilgan zararni qisqartirish maqsadida “naqdlashtiruvchi korxonalar” faoliyatini cheklash mexanizmini joriy etmoqda.

    DSQ “xatarlarni tahlil qilish” natijasida aniqlangan 396 ta korxonadan iborat shubhali kontragentlar reyestrini tuzdi, shuningdek, soliqlarni kamroq to‘lash maqsadida pul mablag‘larini naqdlashtirish bilan shug‘ullanuvchi “naqdlashtiruvchi korxonalar” xizmatlaridan foydalangan 10 mingga yaqin tashkilotlar ro‘yxatini shakllantirdi.

    Qo‘mita budjetga to‘lanmagan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini o‘rnini qoplash maqsadida 396 ta “shubhali” korxonalar va ularning deyarli 10 mingga yaqin biznes hamkorlarining shaxsiy kabinetlariga 5 kun muddatda inkasso topshiriqnomalari qo‘yilishi bo‘yicha xabarnomalar yuborgan.

    15-fevral kuni qo‘mita shubhali operatsiyalarni amalga oshiruvchi (“naqdlashtirish” bilan shug‘ullanuvchi) insofsiz soliq to‘lovchilar bilan moliyaviy operatsiyalarga ega bo‘lgan tashkilotlarning QQS summasiga ushbu hisobga olish ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilgan bitimga muvofiq amalga oshirilganligi uchun Soliq kodeksining 266-moddasiga asosan tuzatish kiritildi yoki hisobga olish bekor qilinganini ma’lum qildi.

    DSQ bo‘limi boshlig‘i Jahongir Abdievning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, reyestrdagi 396 ta shubhali korxona bilan 10 mingta kompaniya ishlagan. Ularning 8570 tasidan davlat budjetiga tushishi kerak bo‘lgan 915 milliard so‘m miqdorida QQS yechib olingan. Qolgan kompaniyalar o‘zlari qayta hisob-kitobni amalga oshirgan yoki oborotdan soliq to‘lovchi yoki jismoniy shaxslar bo‘lgan.

    Bu boshqalar xatosi uchun nega biz javob berishimiz kerak, degan tadbirkorlarning noroziligiga sabab bo‘lgan.

    Tadbirkorlarning noroziligi

    “Qalampir.uz” e’lon qilgan reportajda tadbirkorlar soliqchilar yuborilgan xabarnomalar javobini kutmay, ularning bank hisob raqamini muzlatib qo‘yganini, ayrimlaridan “naqdlashtiruvchi korxonalar” tomonidan to‘lanmagan QQS yechib olinganini ta’kidlagan. Tadbirkorlarning ayrimlari qonun doirasida faoliyat olib borgani va aybsizligini isbotlovchi hujjatlar borligiga qaramay, ularning hisob raqamlari muzlatilgani va undan pul yechib olinganini bildirgan.

    Ularning so‘zlariga ko‘ra, soliq organlari qarori tufayli ularning ishlari to‘xtab qoldi, ishchilar esa maosh ololmayapti.

    Foto: “Qalampir.uz”

    Foto: “Qalampir.uz”

    Tadbirkorlar soliq organlari Soliq kodeksining 14-moddasiga (bitimlarning iqtisodiy mazmuni va ularni yuridik jihatdan rasmiylashtirish) va 15-moddasi (lozim darajada ehtiyotkorlik) doirasida ish olib bormoqda. Xususan, ushbu kodeksda soliq organlari to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar summalarini bunday suiiste’mollikning ta’sirini istisno etadigan tarzda o‘zgartirishga haqli ekanligi ko‘rsatilgan. Bunda huquqni suiiste’mol qilishning, bitim qalbakiligini (ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilganligini) aniqlash, shuningdek, ularning oqibatlarini qo‘llash soliq organlari tomonidan, soliq to‘lovchi norozi bo‘lgan taqdirda esa, soliq organlarining da’vosi bo‘yicha sud tomonidan amalga oshiriladi.

    Tadbirkorlardan birining ta’kidlashicha, soliq organlari Soliq kodeksining 15-moddasini qo‘llamoqda. Unga ko‘ra, soliq to‘lovchi tomonidan uning oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarmagan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar bo‘yicha qilingan xarajatlar (ko‘rilgan zararlar), agar ushbu soliq to‘lovchi bitim tuzayotganda lozim darajada ehtiyotkorlik qilmagan bo‘lsa, soliq solish maqsadida tan olinmaydi.

    Uning aytishicha, 2020-yilda DSQ saytining funksional imkoniyatlari faqatgina korxonaning QQS to‘lovchisi ekanligini tekshirish imkonini bergan. Faqat 2021 yil 2-fevraldan boshlab biznes-sherikni tekshirish: ishchilar soni, nizom, uning insofliligi va boshqalar bo‘yicha xizmat ishga tushirildi.

    “Hozir ular (soliq idoralari — tahr.) buni 2020-yilga nisbatan tatbiq etmoqchi... Biz ular bilan oldi-sotdi qilganimizda ular QQS to'lovchilari edi. Bu ishlardan so‘ng ulardan QQS sertifikati tortib olinadi. Endi ular bizga QQS to‘lovchilari emasligini aytishmoqda, go‘yoki biz buni bilganmiz, pul to‘laganmiz va naqdlashtirganmiz yoki tovarlarni qayta saralaganmiz”, — degan u.

    Tadbirkorlar bilan DSQ raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev va DSQ raisi o‘rinbosari Olimjon Fayziboyev uchrashgan. Ular dastlab tadbirkorlar ro‘yxatini tuzib, ularning hisob raqamlarini vaqtinchalik muzlatilib, kameral tekshiruv olib borilishini, uning yakunlari bo‘yicha avval yechib olingan QQS miqdorini qaytarish haqida qaror qabul qilinishini aytgan. Biroq tadbirkorlar bunga qarshi chiqib, hisobni ochib, pullarni qaytarishni, shundan so‘ng tekshiruv o‘tkazishni talab qildi. Uzoq tortishuvlardan so‘ng DSQ vakillari o‘zaro kelishuvga erishdi.

    Olimjon Fayziboevning ta’kidlashicha, 200 dan ortiq “bir kunlik firmalar” bo‘yicha materiallar prokuraturaga yuborilib, ular ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

    Keyin nima bo‘ldi?

    Davlat soliq qo'mitasi raisi Sherzod Kudbiev boshchiligidagi navbatdagi yig‘ilishda “naqdlashtiruvchi korxonalar” va ularning xizmatlaridan foydalanadigan kompaniyalarni aniqlash mexanizmini joriy etish masalasi muhokama qilingan. Uning natijalariga ko‘ra quyidagi qaror qabul qilingan:

    1. Yangi mexanizmga o‘tish davrini hisobga olgan holda, istisno tariqasida, 17-fevral ertalab soat 10:00 dan oldin “bir kunlik” firmalar bilan shubhali operatsiyalarni amalga oshirganlik xavfi nisbatan kam bo‘lgan 2960 tadbirkorlik subyektlarining bank hisobvaraqlariga joylashtirilgan inkasso topshiriqlari 2021-yil 1-martgacha vaqtinchalik bekor qilindi;

    2. Reyestrga kiritilgan shubhali korxonalar bilan operatsiyalarni amalga oshirgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga bitimlarni o‘rganib chiqish uchun kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasiga murojaat qilish imkoniyati berildi. Ijobiy xulosa qilingan taqdirda, inkasso topshiriqnomalarini bekor qilish va ilgari kamaytirib ko‘rsatilganligi uchun undirilgan mablag‘larni qaytarib berilishi ta’minlanadi.

    3. “Naqdlashtiruvchi firma”larni aniqlash yuzasidan amaliyotga joriy qilingan yangi mexanizmni aholi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida tushuntirish ishlarni qoniqarsiz olib borganligi, shuningdek soliq to‘lovchilar bilan yetarli darajada ishni tashkil etmaganligi uchun Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari egallab turgan lavozimidan ozod etildi, Toshkent shahar DSB Kameral nazorat va QQS ma’murchiligi bo‘limlari hamda DSQ matbuot xizmati boshliqlariga hayfsan berildi.

    Shuningdek, qo‘mitaning qo‘shimcha qilishicha, 2021-yil 16-fevralda Davlat soliq qo‘mitasiga ariza yuborgan 57 ta korxonada o‘tkazilgan soliq nazorati tadbirlarining dastlabki natijalariga ko‘ra quyidagilar aniqlandi:

    • 52 ta korxona yoki 91,3 foiz hollarda “qalbaki” operatsiyalarni amalga oshirish faktlari tasdiqlandi;
    • 1 ta korxona uchun yoki 1,7 foiz hollarda “qalbaki” operatsiyalarni amalga oshirish holati tasdiqlanmadi, shu sababli ortiqcha hisoblangan mablag‘larni qaytarish bo‘yicha tezkor jarayonlar boshlandi;
    • 4 ta tashkilotda yoki 7 foiz holatlarda noqonuniy hisobga olish qisman tasdiqlangan.
    Shunday qilib, qayd etilishicha, birgina Toshkent shahrida 74 korxona noqonuniy hisobga olganligini tan olib ixtiyoriy ravishda 4,6 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘ bo‘yicha qayta hisob kitobni amalga oshirdi.

    17.02.2021, 21:15   Izoh (0)   14210
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonning Qanot Sharq Airlines xususiy aviakompaniyasi Amerikaning ikkita Airbus A320-200 samolyotini ijaraga oldi

    17.02.2021, 20:34

    O‘zbekiston va Janubiy Koreya kosmosni tinchlik maqsadlarida birgalikda tadqiq qiladi

    17.02.2021, 20:10

    Urgutdagi “Jartepa” chegara bojxona posti talabalar uchun ochildi

    17.02.2021, 19:59

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi Xitoy vaksinasini hamkorlikda ishlab chiqarish uchun qaysi kompaniya tanlangani ma’lum bo‘ldi

    17.02.2021, 19:40

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana pastladi

    17.02.2021, 18:58

    Abdulaziz Komilov Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi

    17.02.2021, 18:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jizzax va Buxoroda jami 2,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 19:27

    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi

    Reklama | 20 iyun, 19:30

    Luis Enrike “Botafogo”ga qarshi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?

    Sport | 20 iyun, 19:21

    Rossiyada “Senimi, shoshmay tur!” multfilmi asosida to‘liq metrajli film suratga olinadi

    Kino | 20 iyun, 19:20

    Shavkat Mirziyoyev Ko‘kdala tumani maʼmuriy markazidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 20 iyun, 19:09

    Titanik bo‘laklari orasidan qora shishadan yasalgan marjon topildi

    Dunyo | 20 iyun, 19:00

    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud

    Reklama | 20 iyun, 18:00

    Misrda O‘zbekiston texnologiyalari asosida traktor ishlab chiqariladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 18:50

    Dunyoning eng badavlat modeli Kendall Jenner sarvqomat bo‘lish uchun qanday nonushta qiladi?

    Go‘zallik | 20 iyun, 18:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.