Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent– Frankfurt–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlar tiklangani haqida e’lon qildi.

Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, qatnovlar 4 va 18-mart kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

  • Toshkent–Frankfurt: uchish – 06:15, qo‘nish – 09:05;
  • Frankfurt–Toshkent: uchish — 11:05, qo‘nish – 21:20.

Aviachiptalarni kompaniyaning veb-saytidan, Uzbekistan Airways Sales filiali yoki agentlarning ofislaridan sotib olish mumkinligi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Germaniya bilan aviareyslarni to‘xtatish bo‘yicha joriy etilgan cheklov 11-fevral kuni bekor qilingandi.

Bundan avval Toshkent–Nur-Sulton–Toshkent yo‘nalishida aviareyslar soni ko‘paytirilishi, Eronning Iran Aseman Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqchiligi hamda Farg‘ona va Urganch o‘rtasida aviaqatnov yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar qilingandi.