• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sardoba suv ombori qayta quriladi. Bu bo‘yicha hukumat qarori qabul qilingan

    Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborini qayta tiklash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining yopiq (xizmat doirasida foydalanish uchun) qarori qabul qilingan. Bu haqda Qurilish vazirligining Loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nasrullo Boboyev “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov bilan suhbatda ma’lum qildi.

    Foto: UzReport

    Boboyevning so‘zlariga ko‘ra, qaror asosida juda katta hajmdagi muhandislik-qidiruv ishlari amalga oshirilmoqda, xususan, laboratoriya tahlillari olinib, ilmiy-texnik asoslash maqsadida izlanishlar davom etyapti.

    “Obyektning amaldagi holati dastlabki loyiha yechimlariga qanchalik muvofiqligi ham tekshirilmoqda. Bu o‘rganishlar ertaga shunday noxush holat yana takrorlanmasligi, shu kabi falokatlarning oldini olish uchun qilinmoqda”, — dedi vazirlik mas’uli.

    Suv omborini qayta qurish bo‘yicha loyiha tashkiloti tomonidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra obyektda tiklash ishlari ikki bosqichda amalga oshiriladi. Biroq mas’ul qurilish muddatlarini ochiqlay olmasligini bildirgan.

    “Sababi — bu xizmat doirasida foydalanish uchun belgilangan hukumat qarori. Hukumat tomonidan grafik qilingan va mas’ul xodimlar belgilangan. Reja bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarning biriktirilgan tashkilotlari o‘z ishini qilmoqda”, — dedi Boboyev.

    Birinchi bosqichda to‘g‘on yon-bag‘irlarida hosil bo‘lgan yoriqlarni texnik nuqtayi nazardan bartaraf etish va qayta ishga tushirish ko‘zda tutilgan. Bunda ularning suvni qabul qila olish qobiliyati va boshqa ilmiy-texnik izlanish natijalari o‘rganib chiqiladi.

    “Xulosalar qabul qilinib, ilmiy-texnik izlanishlar yakunlangach, to‘g‘onni tiklash ishlari ikki bosqichda amalga oshirish rejalashtirilgan”, — dedi Boboyev. Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirda Suv xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari boshchiligida omborning suv bosimiga bardoshlilik qobiliyati, unga aslida qancha miqdorda suv to‘ldirish mumkinligi ilmiy o‘rganilmoqda.

    “Holat qo‘shni davlatlarga ham taalluqli bo‘lgani bois ilmiy o‘rganishlarga nafaqat mahalliy mutaxassislar, balki chet el ilmiy-tadqiqot markazlari ham jalb qilingan. Bunda bir nechta mustaqil ekspertlar guruhi qilingan ishlar natijalarini tahlil qiladi va o‘z xulosalarini beradi. Shundan kelib chiqib, keyingi bosqich ishlari davom ettiriladi”, — dedi Boboyev.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yil may oyida qilgan chiqishida “bu suv toshqini biz uchun achchiq saboq bo‘lgani”, shu sababli suv ombori masalasida xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda to‘g‘onning barcha dambalari chuqur ekspertizadan o‘tkazilishi, “faqat shundan keyingina yakuniy xulosa” chiqarilishini ta’kidlab o‘tgan edi.

    “Bu yerga Fransiya, Turkiya, Rossiya, Osiyo mamlakatlaridan dunyoning eng zo‘r ekspertlari keladi. Ular shu falokatning oldini olish mumkinmidi, sababi nima degan masalalar bo‘yicha xolisona baho beradi. Ikkinchidan, kelajakda bu suv omboridan qanday foydalanamiz, bu balo yana takrorlanmasligi uchun qanday choralar ko‘rish kerak — buni sizlar bilan maslahat qilib, keyin tiklaymiz”, — deya qo‘shimcha qilgandi davlat rahbari sardobaliklar bilan muloqot vaqtida.

    O‘n minglab odamlar tinchini buzgan falokat

    2010—2017-yillarda 1,2 trillion so‘m evaziga qurilgan, rasmiy OAV tomonidan “asr qurilishi” deb e’tirof etilgan Sardoba suv ombori to‘g‘onlaridan biri 2020-yil 1-may kuni yorilishi oqibatida yirik suv toshqini yuz bergan edi. Keyinchalik ushbu holat matbuot tomonidan “asr fojiasi” deya ta’riflandi.

    Foto: Instagram

    Hodisa oqibatida Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida yashovchi 89 450 nafar aholi xavfsiz hududlarga ko‘chirilgan (voqeadan bir oy o‘tib, ularning salkam 76 foizi yashash manziliga qaytgan, biroq oktabr oyida 9386 kishi hali ham evakuatsiya qilingan joylarida qolayotgan edi).

    Toshqin vaqtida kamida olti kishi halok bo‘lgan, bir kishi — Milliy gvardiya xodimi bedarak yo‘qolgan. Qidiruv-qutqaruv tadbirlari davomida yuzlab odamlar xavfsiz hududlarga ko‘chirilgan. Xususan, vertolyotlar yordamida toshqin hududida, suv qurshovida qolib ketgan 200 ga yaqin fuqaro qutqarilgan.

    Toshqin oqibatida Sirdaryodagi 4710 ta xonadonga zarar yetgan, shundan 2211 ta uy yashash uchun butunlay yaroqsiz holga kelgan, 2499 tasi esa ta’mirtalab bo‘lib qolgan. Ko‘plab yo‘llar, ko‘priklarga zarar yetgan, kommunikatsiyalar ishdan chiqqan, 6 ming uy hayvoni qurbon bo‘lgan, 20 ming gektar ekin yeri suv ostida qolgandi.

    Foto: Telegram / @Tashkent_SkyNews

    Sardoba toshqini oqibatlarini bartaraf etish uchun O‘zbekiston hukumati kamida 1,5 trillion so‘m pul ajratgan. Ushbu mablag‘lar hisobidan (855 milliard so‘m evaziga) toshqin oqibatida uysiz qolgan oilalarga Sardoba (37 ta), Mirzaobod (9 ta) va Oqoltin (40 ta) tumanlarida jami 86 ta besh qavatli uy qurildi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev fojiadan so‘ng, 15-may kuni sirdaryoliklar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda toshqindan zarar ko‘rgan 4,5 mingdan ziyod xonadon egalarining har biriga prezidentdan 40 million so‘mlik moddiy yordam, shuningdek, maishiy texnikalar to‘plami sovg‘a sifatida topshirilishini e’lon qilgan edi.

    Bundan tashqari, rossiyalik o‘zbek milliarderi Alisher Usmonov sirdaryoliklar uchun 10 million dollar xayriya mablag‘i ajratgan. Shuningdek, O‘zbekistonning barcha burchaklaridan va xorijdagi o‘zbekistonliklar tomonidan suv toshqinidan jabrlanganlar uchun xayriya yordamlari yuborilgan edi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Fursatdan foydalanib, jabr ko‘rganlarga yordam ko‘rsatayotgan bag‘rikeng, saxovatpesha va hamdard xalqimizga yana bir bor o‘zimning samimiy minnatdorchiligimni izhor etaman”, — degandi o‘shanda prezident Shavkat Mirziyoyev.

    Qozog‘iston tomoni to‘g‘onning qayta tiklanishiga munosabati

    Suv toshqini O‘zbekistondan tashqari Qozog‘istonga ham zarar yetkazgan — o‘zbekistonlik rasmiylar “suvning bir tomchisi ham” qo‘shni davlatga o‘tmasligi uchun har qancha harakat qilmasin, ofat 30 ming qozog‘istonlikning xavfsiz hududlarga ko‘chirilishiga, 14 ta aholi punktidagi yuzlab xonadonlar suv ostida qolishiga sabab bo‘ldi. “Ushbu kutilmagan texnogen ofat nafaqat aholimizga, balki qo‘shni qozoq birodarlarimizga ham ortiqcha tashvish va ziyon yetkazganidan juda ham xijolatdamiz. Ularning aholi yashash joylari va ekin maydonlari zarar ko‘rganidan, albatta, biz juda afsusdamiz”, — degandi prezident Shavkat Mirziyoyev 5-maydagi chiqishida.

    Sardoba falokatining Qozog‘istondagi oqibatlari.

    Sardoba falokatining Qozog‘istondagi oqibatlari.
    Foto: Qozog‘iston bosh vaziri matbuot xizmati

    Shu bois ham O‘zbekiston tomoni bir vaqtning o‘zida nafaqat o‘z hududida, balki qo‘shni Qozog‘iston hududida ham toshqin oqibatlarini bartaraf etish bilan band bo‘ldi. Ayni vaqtda, O‘zbekiston tomoni toshqindan aziyat chekkan Maqtaaral tumanidagi infratuzilmalarni, turar joylarni qayta tiklash ishlariga ham hissa qo‘shishga majbur bo‘ldi. Ayni vaqtda Qozog‘iston rasmiylari O‘zbekiston Sardoba suv omborini qo‘shni mamlakatlar bilan kelishmay, ularni loyiha tafsilotlaridan to‘liq boxabar qilmay qurganlikda ayblay boshladi.

    O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasidagi “Daryo” manbasining ma’lum qilishicha, ikki mamlakat hukumat rahbarlari Sardoba suv omboridagi falokat masalasida muzokara olib borgan. Muloqot chog‘ida Qozog‘iston tomoni O‘zbekiston suvga bo‘lgan minimal ehtiyojlarini hisobga olgan holda, suv omborini qayta qurishga qarshi emasligini bildirgan.

    “Barcha aybdorlar qonun oldida javob beradi”

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 5-may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Sardoba fojiasi bo‘yicha “barcha aybdorlar qonun oldida javob berishi”ni ma’lum qilgan edi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Xalqimiz bir narsadan ko‘ngli to‘q bo‘lishi kerak, hech qanday ortiqcha gap-so‘zlarga va mish-mishlarga o‘rin bo‘lmasligi lozim. Mening topshirig‘imga ko‘ra huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan suv toshqini bilan bog‘liq voqea yuzasidan obyektiv, xolis va keng qamrovli tergov harakatlari boshlangan. Xalqimizni ishontirib aytaman, tergov yakunlari bo‘yicha barcha aybdorlar, kim bo‘lishi va egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, qonun oldida javob beradi”, — degandi prezident.

    21-dekabr kuni Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati Sardoba suv omboridagi avariya bilan bog‘liq jinoyat ishini ko‘rib chiqishni boshladi. Ish bo‘yicha “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasining “Gidrotexnik inshootlar qurish direksiyasi” boshlig‘i lavozimida ishlagan M.Homatov va boshqalar — jami 17 kishi sudlanmoqda. Ular rastrata, suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish, mansabga sovuqqonlik bilan qarash, mansab soxtakorligi, qurilish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish kabi jinoyatlarda ayblanmoqda.

    Oliy sud matbuot xizmati bergan izohga ko‘ra, “ushbu jinoyat ishi bevosita davlat sirlari bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli... yopiq tarzda ko‘rilmoqda”. Ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha alohida berilishi va’da qilingan. Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, Sardoba suv ombori to‘g‘onining o‘pirilishiga loyiha hujjatlaridagi, qurilishdagi va ekspluatatsiya jarayonidagi xato va kamchiliklar sabab bo‘lgan. Xususan, to‘g‘onning xarsang tosh qoplamasi loyiha hujjatida belgilangan qalinlikdan kam, toshlar notekis va sifatsiz joylashtirilgan; suv ombori qurilishi 2-bosqichi davlat komissiyasi tomonidan qabul qilinmagan bo‘lsa-da, uning to‘la hajmda (922 million metr kub) suv bilan to‘ldirilishiga yo‘l qo‘yilgan.

    Mavzuga doir: Sardoba suv ombori kerakmidi o‘zi? Shavkat Mirziyoyev shu savolga javob berdi

    16.02.2021, 10:34   Izoh (0)   62949
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bunaqa ‘genialniy’ g‘oyalar keladigan hokim va deputatlarni boshiga qoyil!” — Rasul Kusherbayev Surxondaryoda tadbirkorning joyini olib qo‘yish bilan bog‘liq hola...

    16.02.2021, 09:42

    Foto: Ketma-ket besh portlash, terakt joyidagi Islom Karimov. Bundan 22 yil avval Toshkent larzaga kelgan edi

    16.02.2021, 08:04

    “O‘zbekistonda missionerlik faoliyati bejiz taqiqlanmagan” — Adliya vaziri yaqin tarixdagi diniy erkinliklarni cheklash bilan bog‘liq muammolar haqida

    16.02.2021, 07:21

    Buxoroda hujjatlarni soxtalashtirish orqali yer ajratish evaziga dehqondan pora olgan shaxs qo‘lga olindi

    16.02.2021, 05:36

    Andijonda adliya bo‘limi aralashuvi bilan bir yarim yil avval uyi buzib tashlangan fuqaroga uy-joy qurishi uchun yer ajratib berildi

    16.02.2021, 01:52

    Jizzaxda Ombudsman ishga ketayotganda halok bo‘lgan bank xodimasining turmush o‘rtog‘i foydasiga 218 mln so‘m kompensatsiya undirib berdi

    16.02.2021, 00:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Ipoteka-bank O‘zbekistondagi Amerika Savdo Palatasi a’zosiga aylandi


    VEON O‘zbekistonda sun’iy intellektga asoslangan Hambi — “Hammasi Bitta” ilovasini ishga tushirdi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    “Kapitalbank” bilan biznes: O‘zbekiston tadbirkorlarining muvaffaqiyatlari tarixi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    “Kelajak liderlari” maxsus malaka oshirish dasturining yangi mavsumiga start berildi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    “O‘yin qoidalarini o‘zgartirish uchun keldik”. Saakashvili Gruziyani qanday qilib muvaffaqiyatga yetaklay oldi?

    29.10.2024, 20:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shri Lankada ziyoratchilar bo‘lgan avtobus jarlikka quladi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 11 may, 18:35

    Hindiston va Pokiston bir-birini sulhni buzganlikda aybladi

    Dunyo | 11 may, 18:04

    Rossiya 30 kunlik sulh uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 11 may, 17:35

    Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilishi mumkin

    O‘zbekiston | 11 may, 17:05

    “Bavariya” “Real” hamda “Barselona”ning rejalarini barbod qilishi mumkin

    Sport | 11 may, 17:03

    Mashhur otasining xohishiga qarshi chiqqan, 3 farzandli bo‘lsa ham Anna Kurnikovaga uylanmagan Enrike Iglesias 50 yoshda

    Layfstayl | 11 may, 16:35

    “Ruslar nihoyat o‘ylay boshlashdi” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 16:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.