Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘onada Xitoydan olib kelingan va hujjatlarda “o‘yinchoqlar” deb ko‘rsatilgan tovarlar orasida 48 dona uchuvchisiz uchish qurilmasi borligi aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Farg‘ona viloyat bojxona boshqarmasi

Foto: Farg‘ona viloyat bojxona boshqarmasi

Qayd etilishicha, Qo‘qon shahrida joylashgan korxona nomiga Xitoydan olib kelingan tovarlar viloyat bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi hamda “Qo‘qon” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan. Natijada hujjatda “o‘yinchoq” deb ko‘rsatilgan tovarlar orasida qiymati 75 million so‘mlik 48 dona foto va video tasvirga olish qurilmasi bilan jihozlangan HT Turn C Fly rusumli uchuvchisiz uchish qurilmasi borligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Italiyaning agrar sohaga oid universitetlari filiallari ochiladi
Dunyo
Rossiyada “Saroy to‘ntarishlari”ning boshlanishi, parvoz vaqtida portlab ketgan “Chellenjer” va general Vlasovning xoinligi. Kun xronologiyasida 28-yanvar
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi