1895-yilning 13-fevral kuni fransiyalik aka-uka Ogyust va Lui Lyumyerlar kinematograf uchun patent oldi. Shundan keyin kinosanoati rivojlanib, san’atning yangi turi paydo bo‘ldi. Ba’zan kino san’atini “Yettinchi san’at” ham deyishadi. Sana munosabati bilan “Daryo” kinematograf tarixidan hikoya qiluvchi ilk videolar va fotosuratlarni taqdim etadi.
Aka-uka Lyumyerlarning ilk filmi ham shu yili chiqdi. 1895-yilning 22-mart kuni Parijda namoyish etilgan “Lyumyer zavodidan chiqish” deb nomlangan film katta muvaffaqiyat keltirdi. 28-dekabr kuni Parijda ilk pullik film namoyish etildi. Ushbu filmning nomi esa barchaga tanish “La-Syota vokzaliga poyezdning kelishi” edi. Voqea guvohlarining so‘zlariga qaraganda, film namoyish etilayotgan paytda poyezdning kelishini ko‘rgan tomoshabinlar zaldan shovqin-suron ko‘tarib, qochib chiqadi.
Aka-uka Lyumyerlar tomonidan namoyish etilgan ilk film:
“Chaqaloqning taomlanishi”:
“La-Syota vokzaliga poyezdning kelishi” filmi:
Lyumyerlar tomonidan ishlangan yana bir film:
Ilk filmlar oq-qora tasvirda edi. Dastlabki rangli tasvirlar 1904-yillardan boshlab paydo bo‘la bo‘shladi. Bunda britaniyalik olimlar katta hissa qo‘shdi. Oq-qora tasvirlarga rang qo‘shish orqali amalga oshirilgan bu tajribalar asosida Kinemacolor kompaniyasi 1911-yilda ilk rangli film namoyish etdi va unga “Rangli orzular” deb nom berildi. Ammo Kinemacolor iqtisodiy muammolar sabab Birinchi jahon urushidan keyin foydalanishdan to‘xtatildi.
Tez orada Kinemacolor o‘rnini Technicolor egalladi va u tomonidan ishlangan ilk rangli film 1917-yilda namoyish etildi. Technicolor rangli filmlar sanoatida haqiqiy inqilob bo‘ldi, desak yanglishmagan bo‘lamiz.
Shu o‘rinda o‘zbek kinomatografiyasi tarixi haqida qisqacha. O‘zbekiston hududiga ilk kinoapparatni xorazmlik Xudoybergan Devonov olib kelgan edi. Devonov o‘z apparatida XIX asr oxiri—XX asr boshlariga oid ko‘plab qiziqarli tasvirlarni suratga tushirishga muvaffaq bo‘lgan.
Quyida u tomonidan ishlangan filmlardan ba’zilarini tomosha qiling.
Izoh (0)