• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Karantindan voz kechish tufayli koronavirusni yengdik” — Tojikiston sog‘liqni saqlash vaziri

    Tojikiston sog‘liqni saqlash vaziri Jamoliddin Abdullozoda mamlakatda koronavirus ustidan g‘alaba karantindan voz kechish tufayli amalga oshganini aytdi. Bu haqda vazirning matbuot anjumanida bergan bayonotiga tayanib, Asia-Plus xabar berdi.

    Jamoliddin Abdullozoda

    Jamoliddin Abdullozoda
    Foto: Asia-Plus

    “Rivojlangan mamlakatlarda odamlar karantinda yashadi. Cheklovlar bekor qilingach, uydagi bemorlar ko‘chaga chiqib, kasallikni boshqalarga yuqtirdi. Tojikistonda shifokorlar uy sharoitida o‘zini izolyatsiya qilish imkoniyatiga ishonch hosil qilish uchun bemorlarning uyiga bordi”, — deya izohlagan sog‘liqni saqlash vaziri.

    Abdullozoda, shuningdek, yaqinda muzokaralar olib borgan Rossiya Iste’molchi huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish bo‘yicha federal xizmati  — “Rospotrebnadzor” mutaxassislarining Tojikistondagi epidemiologik vaziyatni baholash va chegaralar ochilishi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish uchun mamlakatga qachon kelishi haqidagi savollarga javob berdi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, “Rospotrebnadzor” mutaxassislari tojikistonliklarning iltimosiga asosan, Rossiya hukumatidan buyruq olganidan keyin keladi.

    “Tojikistonda 2020-yil 31-dekabrdan beri koronavirus infeksiyasiga oid yangi holatlar qayd etilmagan”

    “Baxtimizga, 2020-yil 31-dekabrdan beri Tojikistonda koronavirus infeksiyasiga oid yangi kasallanish holatlari qayd etilmagan. Pandemiya boshlanganidan beri 13 308 nafar COVID-19’ga chalingan bemor ro‘yxatga olingan, ulardan 99,3 foizi tuzalgan, virus qurbonlari soni 90 kishini tashkil etgan”, — degan Jamoliddin Abdullozoda.

    Vazirning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya paytida bemorlarning aksariyati So‘g‘d viloyatiga to‘g‘ri kelgan — 4300 kishi. Dushanbe ikkinchi o‘rinda — 4100 kishi. Shuningdek, Xatlon viloyatida — 1,5 ming, Tog‘li Badaxshon avtonom viloyatida 1196 ta virus yuqtirish holati qayd etilgan.

    “Koronavirus bilan kasallanganlarni davolash mutlaqo bepul”

    Abdullozoda mamlakatda koronavirusni davolash mutlaqo bepul ekanligini ta’kidladi. Uy sharoitida davolanayotgan bemorlar nafaqat shifokorlarning tezkor guruhi nazorati ostida bo‘lgan, balki davlat hisobidan bepul dori-darmonlarni ham olgan.

    “Ishonch bilan aytishim mumkinki, 2020-yil 5-maydan boshlab COVID-19 bilan kasallanganlar uchun davolanish mutlaqo bepul. Ularga Sog‘liqni saqlash vazirligi omboridan dori-darmonlar berildi, hozirda omborda 103 million somoniy miqdoridagi barcha kerakli dori-darmonlar mavjud, shuningdek, vazirlik yangi dori-darmonlarni sotib olish uchun yana 200 million somoniydan ko‘proq, tibbiy muassasalarni ta’mirlash uchun 15 million somoniy ajratgan”, — deya davom etdi vazirlik rahbari.

    “Aholining 80 foizini emlash kerak”

    Tojikiston hukumati qaysi vaksinani — Yevropa yoki Rossiya vaksinasini afzal ko‘radi, degan savolga vazir shunday javob berdi:

    “COVAX dasturi doirasida emlash Tojikiston aholisining 20 foizi (1 million 800 ming kishi)ni qamrab oladi. Rossiya vaksinasiga kelsak, biz u bilan 5 million 840 ming kishini emlaymiz. Umumiy hisobda, biz 6 million 714 ming kishini — aholining 80 foizini emlashimiz kerak bo‘ladi. “Sputnik V” vaksinasini sotib olish bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralar olib bormoqdamiz, AstraZeneca vaksinasini esa bepul olamiz”.

    Uning qo‘shimcha qilishicha, AstraZeneca vaksinasi 732 ming dozada fevral—mart oylarida Tojikistonga yetib keladi.

    Avvalroq, 2021-yilning 13-yanvar holatiga ko‘ra, Tojikistonda koronavirus bilan kasallangan bironta bemor qolmagani haqida xabar qilingandi. Mamlakat prezidenti Emomali Rahmon Tojikiston koronavirus ustidan g‘alaba qozonganini ma’lum qilgan.

    Mavzuga doir: 

    • O‘zbekiston Tojikistonning janubida COVID-19 bilan kasallanganlarni qabul qilish markazini quradi
    • Tojikistonda o‘lim darajasi 2020-yilda keskin oshdi

    14.02.2021, 17:17   Izoh (0)   31222
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gvineyada 2016-yildan beri ilk marta Ebola virusidan to‘rtta o‘lim holati qayd etildi

    14.02.2021, 16:16

    Hindistonda muzlik ko‘chishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 41 kishiga yetdi

    14.02.2021, 15:15

    Xitoydagi attraksionda yuz bergan baxtsiz hodisa oqibatida 16 kishi jabrlandi (video)

    14.02.2021, 12:33

    Polshada koronavirusning qorako‘zanlardan odamlarga yuqishi mumkinligi aytilmoqda

    14.02.2021, 12:12

    Ilon Mask Rossiya prezidentini Clubhouse ijtimoiy tarmog‘i orqali muloqot qilishga taklif etdi

    14.02.2021, 11:32

    Yaponiyadagi zilzilada jabrlanganlar soni 100 kishidan oshdi

    14.02.2021, 11:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.