• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Navoiy va Andijondagi tenderlarga oid huquqbuzarliklar bo‘yicha hisobotni e’lon qildi

    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 2021-yilning yanvar oyida davlat xaridlari sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlariga oid hisoboti bilan bo‘lishdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Eslatib o‘tamiz, 6—11-yanvar kunlari Navoiy viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi mansabdorlariga tegishli deb gumon qilingan qurilish sohasidagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat buyurtmalari qonun talablariga zid ravishda qo‘lga kiritilgani haqidagi xabarlar berilgandi.

    O‘rganishlar jarayonida Navoiy viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi mansabdor shaxslari tomonidan manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ygan holda Navoiy Tears Invest MChJ bilan qiymati 38 milliard so‘mlik jami 11 ta qurilish obyektlari bo‘yicha shartnomalar tuzilgani aniqlangan. O‘rganishlar davomida jami 1,588 milliard so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani ma’lum bo‘lgan.

    Shu kabi holat, Navoiy viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi tomonidan “Mexrangez B-2002” MChJ bilan qiymati 4,7 milliard so‘mlik 2 ta qurilish obyektlari bo‘yicha shartnomalar tuzilganligi aniqlangan. O‘rganishlar davomida jami 58,7 million so‘mlik xato va kamchiliklar aniqlangan.

    Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Andijon viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi, “Qishloq qurilish invest” MChJ IK Andijon viloyat filiali, Andijon viloyati qurilish bosh boshqarmasi mansabdor shaxslariga tegishli qurilish korxonalari tomonidan davlat buyurtmalari qonun talablariga zid ravishda qo‘lga kiritilganligi holatlari yuzasidan Hisob palatasi va boshqa vazirlik hamda idoralar bilan hamkorlikda ishchi guruh tuzilgan holda o‘rganishlar olib borilmoqda.

    O‘rganishlar jarayonida Andijon viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi buyurtmasi asosida shartnoma qiymati  139,7 milliard so‘mlik 17 ta, “Qishloq qurilish invest” MChJ IK Andijon viloyat filiali buyurtmasi asosida 3,2 milliard so‘mlik 1 ta qurilish obyektlari qamrab olingan.

    Ma’lum bo‘lishicha, Andijon viloyati “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi buyurtmachiligida 2019—2020-yillarda jami 541 ta obyektlarda 480,4 milliard so‘m, shundan 2019-yilda 321 ta obyektlarda 287 milliard so‘m hamda 2020-yilda 220 ta obyektlarda 196,4 milliard so‘m respublika va mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan qurilish-montaj ishlari olib borilgan.

    Agentlik xodimlari tomonidan o‘rganilganda, Andijon viloyati “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi buyurtmachiligida 2019—2020-yillar davomida 6 ta qurilish jamiyatlari tomonidan jami 53 ta obyektlarda 171,5 milliard so‘mlik (umumiy qiymatga nisbatan 35 foizni tashkil etadi) tender (tanlov) savdolari qo‘lga kiritilgani ma’lum bo‘lgan.

    O‘rganishda qurilish obyektlariga nisbatan o‘tkazilgan tender (tanlov)larda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilganligi, odob-axloq qoidalari qo‘pol ravishda buzilganligi, tender jarayonini o‘tkazish va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishda qator qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.

    Jumladan, Andijon viloyati “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi direktori M.Q., direktor o‘rinbosari M.K., Qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i R.X., “Qishloq qurilish invest” MChJ IK Andijon viloyat filiali direktori R.D. xizmat faoliyatini olib borishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yib, o‘zi yoki yaqin qarindoshlariga qarashli firmalarni tender (tanlov)larda qatnashishiga yo‘l qo‘ygan va oqibatda ushbu firmalar tender (tanlov)larda g‘olib bo‘lgan.

    Shuningdek, “Jahon ma’mur qurilish” MChJ va “Shahrixon qurilish grant” MChJ qatnashgan 7 ta tanlov va tenderlarda kafillanganlik holatlari mavjud.

    Bundan tashqari, 18 ta tanlov va tenderlarni o‘tkazish jarayonlarida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun va boshqa qonunosti normativ hujjatlar talablari buzilgan. Yoki ayrim ishtirokchi tadbirkorlar tanlov va tenderga korxonaning moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi, buxgalteriya balansi, ishchilar soni to‘g‘risidagi hisobotlarni noto‘g‘ri topshirgan.

    O‘rganilgan 12 ta qurilish obyektlari bo‘yicha loyiha smeta hujjatlari ishlab chiqilishida qurilish materiallari narxlari noto‘g‘ri qabul qilinishi natijasida qurilish obyektlari loyihasi qiymati 9,4 milliard so‘mga ortib ketgan.

    Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida, Qo‘rg‘ontepa tumanida joylashgan 2-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida 3,6 million so‘m, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 5-sonli umumta’lim maktabida 20,5 million so‘m, Baliqchi tumanidagi 35-sonli umumta’lim maktabida 2,9 million so‘m, Shahrixon tumanidagi tibbiyot birlashmasi 2-sonli tug‘ruqxona kompleksida 30,9 million so‘m, jami 4 ta qurilish obyektlarida 57,9 million so‘m miqdorda sifatsiz ishlar amalga oshirilgani ma’lum bo‘lgan.

    Barcha 18 ta qurilish obyektlarining 11 tasi foydalanishga topshirilgan bo‘lib, dastlabki bosqichda ulardan 4 tasida nazorat o‘lchovi o‘tkazilgan.

    Nazorat o‘lchovi natijasida Qo‘rg‘ontepa tumanida joylashgan 2-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida 335 million so‘m, Baliqchi tumanda joylashgan 35-sonli umumta’lim maktabida 354 million so‘m, Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 5-sonli umumta’lim maktabida 408 million so‘m, Shahrixon tumanida joylashgan tibbiyot birlashmasi 2-sonli tug‘ruqxona kompleksida 389 million so‘m, jami 4 ta qurilish obyektlarida 1,486 milliard so‘mlik ishlar kam bajarilgani aniqlangan.

    O‘rganishlar davomida aniqlangan yuqoridagi holatlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazish lozimligini inobatga olinib, to‘plangan hujjatlar Bosh prokuraturaga taqdim etilgan. Hozirgi kunda 4 ta qurilish obyektlari bo‘yicha aybdor shaxslarga Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Mavzuga doir:

    • “Sababni bartaraf etmay, oqibatlarga qarshi kurashib bo‘lmaydi”. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat xaridlaridagi urug‘-aymoqchilik holatlari yuzasidan bayonot berdi
    • Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosarining ukasiga tegishli kompaniya tenderda 20 mlrd so‘mlik davlat buyurtmasini yutgani ma’lum bo‘ldi
    Avvalroq Jizzax shahrini manzarali daraxtlar va gullar bilan bezash uchun 2 milliard so‘m sarflangani va ushbu davlat xaridini qo‘lga kiritgan kompaniya viloyat hokimi qiziga tegishli ekani, qolaversa, Jizzaxda 292,1 milliard so‘mlik davlat buyurtmalarini qo‘lga kiritgan kompaniyalar viloyat hokimi o‘rinbosariga aloqador bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

    13.02.2021, 13:13   Izoh (0)   18798
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentning Yangihayot tumanidagi ayrim ko‘chalar 14-fevral kuni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopiladi

    13.02.2021, 11:37

    Buxoroda noqonuniy ravishda yovvoyi quyon ovlagan brakonyerlar qo‘lga olindi

    13.02.2021, 11:12

    O‘zbekistonda har 100 ta uy xo‘jaligiga qancha avtomobil to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi

    13.02.2021, 10:11

    Toshkentda o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan qiz o‘zini poyezd ostiga tashladi

    13.02.2021, 09:31

    O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilganlar soni 600 mingga yaqinlashdi

    13.02.2021, 09:10

    Namanganda suyultirilgan gaz ballonlarni 22 400 so‘mdan sotib olib, tuman aholisiga 60 ming so‘mdan sotib kelgan shaxs aniqlandi

    13.02.2021, 08:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    SQB dan “TEZKOR+” krediti — biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim

    Reklama | 15 iyul, 12:00

    Yengil jazo evaziga 60 ming dollar: Surxondaryoda advokat qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 11:56

    Issiq havoda chanqoqni tez qondiradigan tabiiy ichimliklar

    Maslahatlar | 15 iyul, 11:51

    AQSHda 35 yilga qamalishi kerak bo‘lgan shifokor oqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 11:38

    Gollivud yulduzi Jorj Klunining Fransiyadagi uyida yong‘in chiqdi

    Kino | 15 iyul, 11:30

    2025-yilda 100 mingdan ortiq Rossiya fuqarolari Ukraina bilan urushda halok bo‘lgan — NATO

    Dunyo | 15 iyul, 11:25

    “O‘rikzor” savdo kompleksi buzilmaydi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 11:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.