Shvetsiyalik UFC jangchisi Hamzat Chimayevning (9-0) Leon Edvardsga (18-3) qarshi jangi yana bekor qilindi. Bu haqda ESPN xabar qilmoqda.
Jang 14-mart kungi UFC kechasining asosiy voqeasi bo‘lishi belgilangandi. Bunga qadar mazkur bellashuv ikki bor qoldirilgandi. Avvaliga dekabr oyida Edvardsda COVID-19 aniqlangan, o‘sha oy oxirida esa Chimayev infeksiyani yuqtirib olgandi.
Chimayevda koronavirus asoratlari og‘ir o‘tayotgani jangning bekor bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, uning o‘pkasida muammo bor.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)