Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Liverpul” Premyer Liga 23-turi doirasida 7-fevral kuni kechgan bahsda “Manchester Siti”ga yutqazib qo‘ydi (1:4).

Foto: Goal

Foto: Goal

“Qizillar” Premyer Liga doirasida ketma-ket uchinchi uy o‘yinini boy berdi. “Liverpul” 1963-yildan buyon Angliya oliy divizionida “Enfild”da ketma-ket uch bor yutqazmagandi.

Avvalroq Yurgen Klopp qo‘l ostidagi jamoa o‘z maydonida “Brayton” (0:1) va “Byornli”ga (0:1) mag‘lub bo‘lgandi. Bundan tashqari “Liverpul” o‘z uyida ketma-ket 5 o‘yindan buyon g‘alaba qozona olmayapti — 3 mag‘lubiyat, 2 durang.

Mersisaydliklar APL doirasida 2009-yilning aprelidan keyin ilk bor o‘z maydonidagi o‘yinda to‘rtta gol o‘tkazib yubordi. 12 yil avval jamoa “Arsenal”ga qarshi o‘yinda 4:4 hisobini qayd etgandi.

Shuningdek, “Liverpul” barcha musobaqalar doirasidagi ketma-ket 19 o‘yindan keyin “Manchester Siti”ga “Enfild”da mag‘lub bo‘ldi. Bundan avval “Siti” “qizillar”ni 2003-yilning may oyida taslim etgandi (2:1).

“Liverpul” — “Manchester Siti” uchrashuvi videosharhini bu yerda tomosha qiling — video.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?