Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 24-turida PSJ 7-fevral, yakshanba kuni “Marsel”ga qarshi safar o‘yinida ishtirok etdi.
Uchrashuvning 9-daqiqasidayoq Kilian Mbappe parijliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 24-daqiqada Mauro Ikardi jamoasining ikkinchi golini urdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.
Uchrashuv yakunlanishi arafasida maydon egalari yarim himoyachisi Dimitri Payet to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka olib maydonni tark etdi.
Ushbu g‘alabadan keyin PSJning ochkolari 51 taga yetdi va jamoa 3-o‘rinda bormoqda. Maurisio Pochettino shogirdlari peshqadam “Lill”dan 3 ochko ortda qolmoqda.
PSJ keyingi turda “Nitssa”ni qabul qiladi, “Marsel” esa “Bordo” maydonida mehmon bo‘ladi.
Liga 1
24-tur bahsi
7-fevral, yakshanba
“Marsel – PSJ 0:2
Gollar: 0:1 – 9 Mbappe, 0:2 – 24 Ikardi.“Marsel”: Mandanda, Nagatomo (Lirola, 56), Sakai, Alvaro Gonsales (Perren, 78), Kamara, Toven (Luis Enrike, 78), Ronjye (Kyuizans, 88), Payet, Guye, Chaleta-Sar, Jermen (Benedetto, 56).
PSJ: Riko, Kimpembe, Florensi (Kerer, 88), Kurzava, Markinyos, Verratti, Guye, Paredes (Danilu Pereyra, 66), Di Mariya (Sarabiya, 11; Kin, 88), Mbappe, Ikardi (Neymar, 65).
Ogohlantirishlar: Paredes (45), Guye (49), Ikardi (53).
Chetlatish: Payet (90).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)