Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 23-turida “Liverpul” va “Manchester Siti” jamoalari 7-fevral, yakshanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. 37-daqiqada “shaharliklar” oldinga o‘tib olishi mumkin edi, biroq Ilkay Gundo‘g‘an penaltidan unumli foydalana olmadi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Gundo‘g‘an mehmonlarni oldinga olib chiqdi. 63-daqiqada Muhammad Saloh o‘zi ishlab olgan penaltini golga aylantirdi. Oradan ko‘p o‘tmay “Liverpul” darvozaboni Alisson Bekkerning ketma-ket xatolari ikkita golga olib keldi. 73-daqiqada Gundo‘g‘an dublni rasmiylashtirgan bo‘lsa, oradan uch daqiqa o‘tib Rahim Sterling jamoasining uchinchi golini urdi.

83-daqiqada Fil Foden qanotdan jarima maydoniga yorib kirgan holda darvozani aniq nishonga oldi va o‘yinga chiroyli nuqtani qo‘ydi.

Shu tariqa ushbu g‘alabadan keyin “Manchester Siti” ochkolarini 50 taga yetkazib oldi va yakka peshqadamlikda davom etmoqda. Bitta zaxira o‘yiniga ega Pep Gvardiola shogirdlari eng yaqin ta’qibchi “Manchester Yunayted”ni 5 ochkoga ortda qoldirmoqda. “Liverpul” esa 40 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onada qoldi.

APL

23-tur bahslari

7-fevral, yakshanba

“Liverpul” — “Manchester Siti” 1:4

Gollar: 0:1 – 49 Gundo‘g‘an, 1:1 – 63, penalti Saloh, 1:2 – 73 Gundo‘g‘an, 1:3 – 76 Sterling, 1:4 – 83 Foden.

“Liverpul”: Alisson, Fabinyo, Aleksander-Arnold, Robertson (Simikas, 85), Jons (Milner, 68), Tiago Alkantara (Shakiri, 68), Saloh, Veynaldum, Mane, Henderson, Firmino.

“Manchester Siti”: Ederson, Stounz, Ruben Diash, Joau Kanselu, Zinchenko, Foden, Gundo‘g‘an, Sterling, Rodri, Mahrez (Gabriel Jezus, 72), Bernardu Silva.

Ogohlantirishlar: Tiago Alkantara (3), Ruben Diash (62), Fabinyo (70).

“Vulverhempton” — “Lester” 0:0

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Chegara masalasining yakuniy hal etilishi Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi” —  Sadir Japarov 
Dunyo
“Bizga hayvonlardan yomonroq munosabatda bo‘lishadi” — Afg‘onistonlik qiz “Tolibon”ning cheklovlari haqida (video)