“Leypsig” va “Liverpul” jamoalari o‘rtasidagi Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan ilk uchrashuv neytral maydonda bo‘lib o‘tadi.
UEFA uchrashuvni Budapeshtdagi (Vengriya) “Pushkash Arena” stadioniga ko‘chirdi.
Germaniya koronavirusning yangi shtammi tarqalishini oldini olish maqsadida 17-fevralga qadar Buyuk Britaniya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatgani bunga sabab qilib ko‘rsatilgan.
Shu tariqa “Liverpul” safar o‘yinini Germaniyada emas, neytral maydonga o‘tkazadi.
“Leypsig” — “Liverpul” uchrashuvi 16-fevralda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)