Hech kim sog‘liq muammolariga qarshi immunitetga ega emas, hattoki mashhurlik darajasi ham bunga yordam bermaydi. Quyidagi mashhur shaxslarga saraton kasalligi tashxisi qo‘yilgan va deyarli ular kasallik bilan kurashishda muvaffaqiyatga erishgan.
Dastin Daymond
Aktyor o‘pka saratonining 4-bosqichida ekanligi yaqindagina ma’lum bo‘ldi. U hozirda kimyoviy terapiyaning birinchi bosiqchini yakunladi. Dastin katta jasorat bilan keyingi bosqichga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Jeff Brijes
2020-yil oktabr oyida aktyor o‘zida limfoma borligini ma’lum qildi. “Yaxshiki, shifokorlar jamoasi va shunga yarasha tashxislar ham bor, shuning uchun sizni hammasidan xabardor qilib turaman”, − deydi Jeff.
Shennon Doerti
2015-yilda aktrisaga ko‘krak bezi saratoni tashxisi qo‘yilgan. Ikki yil o‘tgach u kasallikni zaiflashtirgani haqida ma’lum qilgan edi. Ammo 2020-yil boshida kasallik qayta rivojlangan. Shannonga 4-bosqich tashxisi qo‘yilgan va u davolanishni davom ettirmoqda.
Kayli Minoug
2005-yilda qo‘shiqchiga ko‘krak bezi saratoni tashxisi qo‘yilgan. U kimyoviy terapiya va jarrohlik amaliyotidan o‘tib, kasallik alomatlarini vaqtincha zaiflashtirishga erishgan.
Robert de Niro
2003-yilda aktyorga prostata saratoni tashxisi qo‘yilgan. Kasallik dastlabki bosqichdayoq aniqlangan, shuning uchun ham tuzalishga muvaffaq bo‘lgan.
Maykl Duglas
2010-yilda Maykl Duglas til saratoniga chalinganligini bilib qolgan. Yaxshiki, kasallik vaqtida davolangan.
Ben Stiller
2014-yilda aktyorga prostata saratoni tashxisi qo‘yilgan. U kasallik alomatlarini zaiflashtirishga muvaffaq bo‘lgach, filmlarda rol o‘ynashiga endi hech narsa to‘sqinlik qilmaydi, deb umid qilmoqda.
Xyu Jekman
2013-yilda aktyorning burnidan karsinoma topilgan. U bir nechta kimyoviy terapiya mashg‘uloti va jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. O‘shandan buyon Xyu muntazam ravishda tekshiruvdan o‘tib turadi va tashqariga quyosh nuridan himoya qiluvchi kremsiz chiqmaydi.
Brijit Bardo
Aktrisa 1983-yil dahshatli tashxisdan so‘ng taqdirga tan berib, davolanishdan bosh tortgan. Baxtiga uning do‘sti sog‘lig‘iga g‘amxo‘rlik qilishga ko‘ndirdi va kasallikni yengishga muvaffaq bo‘ldi.
Mavzuga doir:
- Tafakkur buzilishi kasalligi bilan kurashib vafot etgan Gollivudning mashhur aktyorlari (foto)
- Infarkt, xotira yo‘qolishi, zaharlanish. Og‘ir kasalliklarni boshdan kechirgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)
- Saraton, qandli diabet, nevralgiya: O‘g‘ir kasalliklar bilan kurashayotgan Bollivud yulduzlari (foto)
- Og‘ir operatsiyalarni boshdan kechirgan jahon yulduzlari (foto)