• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Kantonaning “parvozi”, Suaresning “sehrli qo‘li” va Zidanning “kalla qo‘yishi”. Futbol tarixidagi eng esda qolarli qizil kartochkalar (foto)

    Har bir futbolchi uchun uchrashuvda qizil kartochka olish eng istalmagan holat hisoblanadi. Odatda kartochkalar bir necha uchrashuvdan keyin unutiladi, ammo shundaylari ham borki, ular tom ma’noda millionlar o‘yini tarixiga kirgan va ular haqida doimo eslanadi. Quyida aynan mana shunday “qizil”lar haqida fikr yuritiladi.

    Roy Kin — “Manchester Siti”ga qarshi o‘yin (APL)

    Foto: Sky Sports

    Foto: Sky Sports

    “Manchester Yunayted” va “Lids” o‘rtasidagi murosasiz uchrashuvlarning birida Alf-Inge Holand (Erling Holandning otasi) Roy Kin bilan to‘qnashib ketadi, natijada Kin jiddiy jarohat oladi. Biroq katta Holand bunga parvo ham qilmaydi va Royni simulyatsiya ishlatganlikda ayblaydi. Irlandiyalik futbolchi esa o‘sha daqiqalarni eslab qoldi va bir yildan so‘ng jarohatini tiklab Holandga dahshatli jarohat yetkazdi. Keyinchalik Roy Kin ushbu harakati bilan qasos olganini va hech qachon simulyatsiya ishlatmasligini aytgandi.

    Erik Kontana — “Kristal Pelas”ga qarshi o‘yin (APL)

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    1994/95-yilgi mavsumda Kantona boshchiligidagi “Yunayted” autsayder “Kristal Pelas” qarshi o‘yin o‘tkazadi. Raqib butun o‘yin davomida “Yunayted” futbolchilariga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘ladi va ularni o‘z qolipidan chiqarishga harakat qiladi. Natijada, “Pelas”ning rejasi ish beradi, Kantonaning asablari ortiq dosh bermaydi va raqibga nisbatan o‘ta qo‘pol munosabatda bo‘ladi, 56-daqiqada maydondan chetlatiladi. Biroq Kantona maydonni tark etayotgan vaqtda tribunadagi tomoshabinlardan biri uni haqoratli so‘zlar bilan “siyladi”. Erik esa buni shunchaki qoldirmadi va uchib borib, oyog‘i bilan “Pelas” muxlisiga zarba berdi.

    O‘shandan keyin futbolchi butun Manchesterning dushmaniga aylandi, ammo Aleks Fergyusonning oqilona yondashuvi tufayli u shartli jazo va axloq tuzatish ishlaridan ko‘ngildagidek o‘ta oldi. Va uzoq diskvalifikatsiyadan so‘ng Erik yana o‘yinga qaytdi va ikki bor Premyer Ligada g‘olib bo‘ldi.

    Bir necha yildan so‘ng jurnalistlar undan qilgan ishingizdan afsuslanasizmi deb so‘rashganda, u quyidagicha javob bergandi:

    “Men uni (muxlisni) qattiqroq tepmaganimdan afsuslanaman”.

    Luis Suares — Ganaga qarshi o‘yin (JCh—2010)

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    JARda o‘tkazilgan 2010-yilgi Jahon Chempionatining chorak finalida Urugvay va Gana terma jamoalari to‘qnash keladi. Uchrashuvning asosiy vaqtida bittadan to‘p kiritgan jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qiladi. Shundan so‘ng har ikkala jamoa o‘ta ehtiyotkor o‘yin ko‘rsata boshladi, biroq so‘nggi bo‘limning oxirgi daqiqalarida ganaliklar Urugvay darvozasi tomon qator hujumlar uyushtira boshladi, janubiy amerikaliklar jarima maydonida esa tartibsizlik yuzaga keldi. Vaziyatlarning birida Luis Suares o‘z darvozasiga kirib ketayotgan to‘pni qo‘li bilan qaytarib qoladi. Shundan so‘ng Suares qoidalarga ko‘ra o‘yindan chetlatiladi. Urugvay darvozasi tomon belgilangan 11 metrlik zarba esa samarasiz amalga oshirildi va uchrashuv penaltilar seriyasiga qadar cho‘zildi. Penaltilar seriyasida esa Urugvayning qo‘li baland keldi. O‘sha vaziyatda Suares nomardlarcha harakat qilgan bo‘lsa-da, jamoasi manfaati uchun to‘g‘ri qaror qildi va o‘zini qurbon qildi. Nima ham deyish mumkin, futbol shunisi bilan qiziq.

    Janluiji Buffon — “Real”ga qarshi o‘yin (Chempionlar Ligasi)

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    2017-yilgi Chempionlar Ligasining chorak final javob uchrashuvida “Yuventus” mehmonda “Real” ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozonayotgandi. Biroq dastlabki o‘yinda xuddi shu (3:0) hisobidagi mag‘lubiyat sababli turinliklarning g‘alabani nishonlashiga hali erta edi.

    O‘yinning so‘nggi pallalariga qadar ushbu hisob saqlanib turdi va hammasi qo‘shimcha daqiqalarga qarab ketayotgandi. Ammo oxirgi daqiqalarda “Real” yarim himoyachisi Lukas Vaskes jarima maydonchasi ichida yiqildi, uchrashuv bosh hakami esa hech ikkilanmay Buffon darvozasi tomon penalti belgiladi. Bundan darg‘azab bo‘lgan Jiji hakam tomon yugurib borib, unga baqira ketdi. Hakam biroz oldin bo‘lgani kabi yana hech ikkilanmay futbol afsonasiga qizil kartochkasini ko‘rsatdi. 11 metrlik zarbani Krishtianu Ronaldu golga aylantirdi. Buffon esa yana bir bor Chempionlar Ligasi bosh sovrinidan mosuvo qoldi.

    “Hakamning yuragi o‘rnida axlat qutisi joylashgan” — degandi Buffon uchrashuvdan so‘ng.

    Mavzuga doir: Buffondan Ronaldogacha. Chempionlar Ligasi bosh sovriniga ega chiqa olmagan yulduzlar

    Zinedin Zidan — Italiyaga qarshi o‘yin (Jahon chempionati)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ehtimol, ushbu qizil kartochka futbol tarixidagi eng mashhuri bo‘lsa kerak. 2006-yilgi Jahon Chempionati finalida Marko Materatssi epizodlardan birida Zidanning opasini haqorat qiladi. Zinedin esa hech qachon maydondagi oliyjanob harakatlari bilan maqtana olmagan. Buning ustiga bu yerda gap oila haqida ketayotgandi. Shu sababli Zizuni qaysidir ma’noda oqlash ham mumkin.

    Hissiyotlariga erk bergan Zinedin Materatssining gaplariga javoban uning ko‘krak qafasiga boshi bilan zarba beradi. Marko kuchli zarbadan maydonga yiqiladi. Zidan o‘yindan chetlatiladi, Fransiya esa penaltilar seriyasida imkoniyatni boy beradi. Aynan ushbu o‘yindan so‘ng Zidan faoliyatini yakunlagan. Zidanning ketishi esa o‘z navbatida futbol olamida yaxshigina shov-shuvlarga sabab bo‘lgan.

    Boshqa maqolalar:

    • Dunyoning eng kelishgan 5 futbolchisi (foto)
    • Ispaniyaning ayni paytdagi eng yaxshi jamoasi. “Atletiko”ning muvaffaqiyat sirlari
    • Messi, Saloh va Ronaldu. 2021-yilda amalga oshishi mumkin bo‘lgan eng shov-shuvli transferlar
    • “Real”da qo‘nim topmagan va yana bir bor ijaraga berilgan Martin Edegor haqida

    04.02.2021, 10:00   Izoh (0)   25267
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Liga 1. PSJ yirik hisobda yutdi, peshqadam “Lill” ham g‘alaba qozondi

    04.02.2021, 06:47

    APL. “Liverpul” yana o‘z uyida yutqazib qo‘ydi, “Manchester Siti” va “Vest Hem”dan navbatdagi g‘alaba

    04.02.2021, 06:25

    “Barselona” 8 ta gol urilgan o‘yinda iroda namoyish etib, Ispaniya Kubogi yarim finaliga chiqdi

    04.02.2021, 06:09

    Messining samoga qaratilgan qo‘llari, Jezusning sirli qo‘ng‘irog‘i va Ronalduning parvozi. Futbol yulduzlarining gollarni nishonlashi nimani anglatadi?

    03.02.2021, 23:35

    Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

    03.02.2021, 22:37

    Top-11. Yevropaning so‘nggi 10 yillikdagi eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa tuzildi

    03.02.2021, 21:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.