• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12935.27
    • RUB160.47
    • EUR14367.2
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Rossiya va AQSh bir-birini potensial raqib sifatida ko‘rmaydi”. Sovuq urushning nihoyasi

    Sovuq urush — 1945-1991-yillar davomida Amerika Qo‘shma Shtatlari va SSSR o‘rtasidagi geosiyosiy, iqtisodiy va, asosiysi, mafkuraviy urush hisoblanadi. Ushbu “jangda” nafaqat yuqoridagi ikki davlat, balki ularning ittifoqdoshlari ham qatnashgan. Bundan 29 yil avval, 1992-yilning 1-fevral kuni AQSh prezidentining Kemp-Deviddagi qarorgohida Sovuq urushni yakunlovchi mashhur deklaratsiya imzolandi. “Daryo” sana munosabati bilan sovuq urushning tugashi tarixi haqida hikoya qiladi. 

    Sovuq urushning boshlanishi. Uinston Cherchill

    “Sovuq urush” atamasi birinchi bo‘lib amerikalik yozuvchi Jorj Oruell tomonidan yozilgan “Sen va atom bombasi” maqolasida ishlatilgan. Maqolada yozilishicha, qisqa soniyalar ichida millionlab odamlarning yostig‘ini quritish qudratiga ega quroli bor davlatlar dunyoni teng bo‘lishishar edi. Oruellning fikriga ko‘ra, atom bombasiga ega davlatlar ushbu qurolni hech qachon bir-biriga qarshi qo‘llamaydi, ammo har doim “sovuq urush” holatida bo‘ladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Sovuq urushning o‘zi esa britaniyalik siyosatchi Uinston Cherchillning nutqidan so‘ng boshlanadi.

    Ikkinchi jahon urushidan so‘ng dunyoda ikkita yirik kuch paydo bo‘ldi — SSSR va AQSh. Ushbu ikki davlat urushdan jiddiy zarar ko‘rishiga qaramay, o‘zini tez tiklay oldi. Ikki davlat o‘rtasidagi raqobat shu darajaga yetdiki, Rossiya va AQSh xalqaro masalalarda yetakchilikni o‘z qo‘liga olishga intildi. Raqobat birinchi bo‘lib qurol-yarog‘ sohasiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Sovuq urushning mohiyati asosan mafkuraviy bo‘lsa ham, davlatlar qurollanishdan to‘xtamadi. Kimo‘zar bahsi ortida dunyo yangidan yangi qurol-yarog‘ tizimlari, tanklar, qiruvchi samolyotlar, kemalar va suvosti kemalarining yaratilishini ko‘rdi. Ammo eng dramatik bahs atomli qurol va raketa texnikasini yaratishda kechdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Sovuq urush madaniyat va sportni ham chetlab o‘tmadi. Ikki davlat ham ko‘plab kinolar ishlab, undan propaganda maqsadida foydalandi. AQSh va G‘arbiy Yevropa davlatlari siyosiy motivlar sababli 1980-yil Moskvadagi Olimpiya o‘yinlarini boykot qildi. Bunga javoban Sharqiy Yevropa davlatlari to‘rt yildan keyin Los-Anjelesdagi Olimpiadada qatnashishdan bosh tortdi.

    Keyingi 45 yil ichida Sovuq urush tomonlarning muayyan harakatlarini belgilovchi omil bo‘ldi. Sovet Ittifoqining 1956-yil Vengriyadagi voqealarga aralashuvi, “Praga bahori”ning bostirilishi, AQSh va G‘arbning Ispaniyadagi Franko diktaturasini qo‘llab-quvvatlashi va Gretsiyadagi “qora polkovniklar” xuntasi hamda ko‘plab shunga o‘xshash xalqaro ahamiyatga ega voqealar ikki siyosiy tizim o‘rtasida Sovuq urush doirasidagi kurash bilan izohlanadi.

    SSSRning zaiflashuvi

    Tomonlar o‘zlariga harbiy bloklar ham tuzishdi — NATO (AQSh) va Varshava shartnomasi tashkiloti (SSSR).

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Tomonlar kuchida nisbiy muvozanat 1980-yillarning o‘rtasiga qadar saqlanib qoldi. Ushbu yillardan boshlab Sovet Ittifoqi rahbari Mixail Gorbachyov tashqi siyosatda bir tomonlama imtiyoz amaliyotiga o‘tdi. Natijada “Sovet bloki” pozitsiyalari zaiflasha boshladi.

    Sharqiy Yevropada Sovet Ittifoqi tarafdorlarini qo‘llab-quvvatlash siyosati tugaganidan so‘ng AQSh bundan foydalandi. Qo‘shma Shtatlar o‘z tarafdorlarini qo‘llashda davom etdi. Tomonlarning bu harakati esa 1988–1989-yillarda “Baxmal inqilobiga” olib keldi. Buning natijasida sovet tarafdorlarining hukumatlari G‘arbga yo‘naltirilgan kuchlar bilan almashtirildi.

    “Demokratiya, tinchlik va birlik” davri

    Sovuq urushda SSSRning “birinchi taslim bo‘lishi” 1990-yil 21-noyabrda Parijda “Yangi Yevropa uchun xartiya” imzolangani bilan bog‘lanadi. Ushbu shartnomadan so‘ng tomonlar o‘rtasida “demokratiya, tinchlik va birlik” davri boshlanadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    1991-yil fevralda Varshava shartnomasi tashkilotining harbiy tuzilmalari bekor qilindi va shu yilning iyul oyida Pragada shartnomani to‘liq bekor qilish to‘g‘risida protokol imzolandi.

    Chuqur iqtisodiy va siyosiy inqiroz holatiga tushgan Sovet Ittifoqi xalqaro maydonda o‘z ta’sirini tezda yo‘qotib qo‘ydi. U bilan birgalikda uning rahbarlari ham siyosiy irodalarini yo‘qotdi.

    Buning ortidan 1991-yil avgust–dekabr oylarida sodir bo‘lgan Sovet Ittifoqining qulashi Sharqiy Yevropada yuzaga kelgan geosiyosiy falokatning kulminatsion nuqtasi edi.

    1-fevralda Boris Yelsinning tug‘ilgan kuni bo‘lib, 1992-yilda u 61 yoshga to‘lgan edi. AQSh prezidenti Jorj Bush unga katta tort va hamkasbi ismining bosh harflari bilan naqshlangan kovboy etiklarini sovg‘a qildi. Shu paytdan boshlab Yelsin va Bush bir-birini do‘st deb atay boshlashdi. Ammo bunday iliq munosabatlar televizorda Jorjning: “Xudoning yordami bilan Qo‘shma Shtatlar Sovuq urushda g‘alaba qozondi” degan bayonot bilan chiqishiga to‘sqinlik qilmadi.

    Bundan 29 yil oldin 1-fevral kuni AQSh prezidentining Kemp-Deviddagi qarorgohida Sovuq urushni yakunlovchi mashhur deklaratsiya imzolandi.

    Bir qarashda deklaratsiya matni chinakam yutuq va tarixiy bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Xususan, unda aytilishicha, “Rossiya va AQSh bir-birlarini potensial dushman deb hisoblamaydi. Bundan buyon do‘stlik va sheriklik ularning munosabatlarining ajralib turadigan xususiyati bo‘ladi...”

    Mirjalol Qosimov tayyorladi.

    03.02.2021, 18:40   Izoh (0)   73489
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi emlanganlar soni kasallanganlar sonidan oshib ketdi

    03.02.2021, 16:12

    Ukrainada muxolifat prezident Zelenskiyga nisbatan impichment jarayonini boshlaydi

    03.02.2021, 15:11

    Armaniston poytaxtida odamlar namoyishga chiqdi, ular bosh vazir Pashinyanning iste’fosini talab qilmoqda

    03.02.2021, 14:45

    JSST: COVID-19’dan o‘limlar soni bo‘yicha haftalik antirekord yangilandi

    03.02.2021, 13:21

    Qirg‘iziston sobiq prezidenti So‘ronboy Jeenbekov rafiqasi bilan Umra safariga jo‘nab ketdi

    03.02.2021, 10:42

    Jeff Bezos 2021-yilning uchinchi choragida Amazon bosh direktori lavozimini tark etadi

    03.02.2021, 10:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turkiya hukumati Tramp tashrifini 15-mayda emas, balki yaqin kunlarda kutmoqda — OAV

    Dunyo | 14 may, 23:16

    “Daryo” dayjesti: 14-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 14 may, 22:50

    Vaqt sinovidan o‘tgan: bosh rollarni qayta-qayta ishonib topshiriladigan 5 ta kino juftlik

    Layfstayl | 14 may, 22:30

    Qashqadaryoda yil boshidan buyon voyaga yetmaganlar tomonidan 69 marta avtotransport vositalarini boshqarish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 14 may, 22:15

    Toshkent va uning atrofidagi yashil hududlar 3 karra ko‘paytirilib, 25 ming gektarga yetkaziladi

    O‘zbekiston | 14 may, 22:00

    Instagram: Jahongir Otajonovga “ko‘z tegdi”, Dilnoza Habibullayeva farzand kutmoqda, Munisa Rizayeva singlisining tug‘ilgan kunini nishonladi

    Shou-biznes | 14 may, 21:53

    O‘zbekiston Kubogi. “D” va “E” guruhi yetakchilari pley-offga oldi

    Sport | 14 may, 21:52
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.