Litvada koronavirusning “britancha” shtammini yuqtirish bo‘yicha dastlabki holat aniqlandi. Virus mamlakat poytaxti Vilnyusda yashovchi fuqaroda aniqlangan, deb yozmoqda “Korresponden.net”.
2020-yil dekabr oyi oxirida Vilnyusda yashovchi ayolda COVID-19 borligi tasdiqlangan. Bemorning tahlillari tadqiqot uchun Niderlandiyaing Rotterdam shahriga yuborilgan. Mutaxassislar ayolning “britancha” shtammga chalinganini tasdqilagan.
Olimlar koronavirusning ushbu turi yuqumliroq ekani va tezroq tarqalishini tasdiqlagan edi. Britaniyada mazkur shtamm dominantga aylangan. Mamlakatda koronavirusga chalinish holatlarining aksariyati ushbu shtamm bilan bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Shu munosabat bilan Angliya sharqida va janubi-sharqida, shu jumladan, Londonda ham 20-dekabrdan cheklovlarning yangi, to‘rtinchi darajasi amal qilib kelmoqda.
Avvalroq Yaponiyada yana besh kishida koronavirusning “britancha” shtammi aniqlangan hamda yangi turni yuqtirib olganlar soni 64 kishiga yetgan.