Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirusning yangi shtammi  60 ga yaqin mamlakatda qayd etilgan. Mazkur shtamm aniqlangan davlatlar soni 12-yanvardan buyon 10 taga ko‘paydi, deb yozmoqda “Kommersant” Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bayonotiga tayanib.

Foto: CNN

“Bugungi kunga qadar JSSTga oltita mintaqa bo‘ylab 60 ta mamlakat, hudud va mahalliy jamoalarda mazkur shtammni yuqtirganlik to‘g‘risida xabar kelib tushdi”,— deyiladi JSST ma’lumotlar jadvalida.

JSST ma’lumotiga ko‘ra, butun dunyoda 94 milliondan ortiq kishi COVID-19’ga chalingan. Bir kecha-kunduzda kasallanish bo‘yicha 312,2 mingta yangi holat aniqlangan. 2 milliondan ortiq kishi virus qurboniga aylangan.

Dekabr oyi o‘rtalarida Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi mutatsiyasi aniqlangandi. Ko‘pgina mamlakatlar, shu jumladan, Rossiya Buyuk Britaniyaga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi. Rossiyalik virusolog yangi variantning tez tarqalayotgani sababli u asta-sekin eski shtamm o‘rnini bosishini aytgan.

Avvalroq koronavirusning “britancha” shtammi 41 ta, “afrikacha” shtammi esa 7 ta mamlakatda aniqlangani, Britaniyada uchinchi lokdaun e’lon qilingani hamda Germaniyada koronavirus tufayli karantin uzaytirilib, aholiga tibbiy va respiratorli niqoblarni taqish majburiy qilingani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ilk bor dunyo parlamentlari ayol rahbarlarining sammiti o‘tkaziladi
Mahalliy
O‘zbekistonda 6 oyda qancha aviaparvoz amalga oshirilgani ma’lum qilindi
Dunyo
Rossiya elchixonasi AQSHni Ukrainadagi mojaroga aralashgani uchun harbiy to‘qnashuv xavfidan ogohlantirdi