“Muhtasham yuz yil” muxlislari serialdagi asosiy qahramonlarni boshqa aktyor va aktrisalar ijro qilishi mumkinligini tasavvur ham qilolmaydi. Lekin suratga olish ishlari boshlanishidan avval mingdan ortiq ijodkorlar sinovdan o‘tgan va ulardan eng yaxshilari saralab olingan.

Oyku Chelik

Kollaj: “Daryo”

Tomoshabinlar Xurram rolini Oyku ijrosida ko‘rishi mumkin edi, ammo prodyuserlar aktrisaning qomati qahramon uchun to‘lalik qiladi deb hisoblagan. Rol uchun asosiy nomzodlardan biri bo‘lgan Chelikni rolga olishdan voz kechilmagan, ammo shartnoma ham tuzilmagan. Serial ijodkorlari Maryamni suratga olish ishlari boshlanishidan bir necha hafta oldin topgan va Germaniyada yashaydigan ushbu aktrisa qahramon uchun ayni muddao, degan fikrga kelgan. Bu vaqtda Uzerli turkchada yaxshi gapira olmaygan. Bu haqida o‘zi bergan intervyularida ham so‘zlab bergan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Oyku rad etilganini jiddiy qabul qilmagan va boshqa loyihalarda suratga tushishda davom etgan. U tomoshabinlar qalbidan joy olib ulgurgan “Ertug‘rul: Tirilish” serialida rol ijro qilgan.

Fahriye Evjen

Foto: “Yandeks Dzen”

Burak O‘zchivitning rafiqasi ham Xurram roli uchun nomzodlik qilgan. Nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki iste’dodi bilan ham muxlislar tomonidan e’tirof etiladigan aktrisa ham Oyku singari rolga tasdiqlanishini kutgan, ammo Maryam paydo bo‘lgan-u hammasi hal bo‘lgan.

Aslixan Gurbaz

Foto: “Yandeks Dzen”

Serialda nafaqat Xurram, balki boshqa qahramonlarni ijro qiladigan aktrisa va aktyorlar tanlash borasida ham ikkilanishlar ko‘p bo‘lgan. Masalan, serialdagi Shohsulton rolini Aslixan Gurbaz gavdalantirishi mumkin edi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Ma’lum bo‘lishicha, aktrisa ushbu rol uchun tasdiqlangan, ammo so‘nggi daqiqalarga kelib u bilan hamkorlik qilishdan voz kechilgan va rol Deniz Chakirga nasib qilgan. Shunga qaramay, bir necha yildan keyin Gurbaz loyihaning davomida suratga tushgan. U “Kosem”da Halima sulton sifatida namoyon bo‘lgan.

Chig‘atay Ulusoy

Foto: “Yandeks Dzen”

Suratga olish jamoasi sulton Sulaymon rolini ijro qiladigan aktyorni darhol topgani bilan, shahzodalar uchun munosib nomzodlarni uzoq qidirishga to‘g‘ri kelgan. Ko‘plab aktyorlar shahzoda Boyazidni gavdalantirishni xohlagan. “Ichkarida” serialidagi ishtiroki bilan yaxshi tanish bo‘lgan Chig‘atay Ulusoy esa ushbu rolga tasdiqlanishiga bir baxya qolgan. Ammo mazkur ijro uchun Aras Bulut Iynemli olingani ma’lum qilingan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Ammo bu Ulusoy uchun unchalik katta yo‘qotish bo‘lmagan. Kelishgan va mahoratli aktyor ayni vaqtda ham faol suratga tushish bilan band. Netflix tomonidan suratga olingan, uning ishtirokidagi “Himoyachi” seriali ham yetarlicha mashhurlikka erishgan. Aras Bulutning esa iste’dodiga shubha yo‘q. “Chuqur” seriali yulduzi ishtirokidagi “Yettinchi bo‘lmadagi mo‘jiza” filmi Turkiya tomonidan “Oskar”ga nomzod qilib ko‘rsatilgan.

Metin Akdulger

Foto: “Yandeks Dzen”

Metin serialda Xurram va Sulaymonning o‘g‘li, shahzoda Salim rolini ijro qilishi mumkin edi. U sinovdan yomon o‘tmagan, lekin rol Engin O‘zturkka nasib qilgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Shunga qaramay, Metin ham keyinchalik “Kosem”da suratga tushishga muvaffaq bo‘lgan.