“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
17:21, 28.12.2020 44666

Foto: “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining o‘ziga quyib qo‘ygandek o‘xshaydigan farzandlari

“Muhtasham yuz yil” seriali 2014-yilda yakuniga yetgan bo‘lishiga qaramay, undagi qahramonlar rolini ijro qilgan aktyor va aktrisalar shaxsiy hayoti muxlislar uchun hali hamon qiziq.

Xalit Ergench

Foto: Turk Cinema

Sulton Sulaymon roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan aktyor va uning rafiqasi Berguzar Korel shaxsiy hayotini ommaga e’lon qilishni yoqtirmaydiganlardan. Aynan shu sabab ham ularning 2020-yil mart oyida dunyoga kelgan farzandining surati ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uchun qiziqligicha qolmoqda. 2021-yilning fevral oyida 11 yoshni qarshilaydigan katta o‘g‘li Alining esa ota-onasi bilan Istanbul ko‘chalarida yurgani aks etgan fotolar yo‘q emas. Muxlislar tomonidan otasiga quyib qo‘ygandek o‘xshatiladigan Ali haqida gap ketganda Xalit uning o‘ta qiziquvchan ekani, aktyorlik karyerasi haqida esa o‘ylab ko‘rmaganini aytadi.

Maryam Uzerli

Foto: Starhit

Yaqinda ikkinchi marta ona bo‘ladigan Maryam hali hamon bolasining otasi kim ekanligini sir saqlamoqda. 2021-yilning fevralida 8 yoshga to‘ladigan Lara esa onasiga ikki tomchi suvdek o‘xshaydi. Onasining aytishicha, qizida aktrisalik qobiliyati yo‘q emas.

Nur Fettaxo‘g‘lu

Foto: Starhit

Nur va turmush o‘rtog‘i Levent Veziro‘g‘luning Elisa ismli qizi bor. Aktrisa ijtimoiy tarmoqlarda 2016-yilda dunyoga kelgan qizining suratlarini joylab boradi. Koronavirus sabab e’lon qilingan pandemiya vaqtida aktrisa doimgidan ham ko‘proq vaqtini qizining tarbiyasiga bag‘ishlangan.

Pelin Qoraxon

Foto: Starhit

Aktrisa ilk bor 2014-yilda farzandli bo‘lgan va unga Ali Demir deb ism qo‘ygan. Ikkinchi o‘g‘li Jan Ayup esa 2017-yilda dunyoga kelgan.

Burak O‘zchivit

Foto: Starhit

“Muhtasham yuz yil”da ikkinchi darajali rol ijro qilganiga qaramay, Burak Turkiyaning eng talabgir aktyorlaridan sanaladi. Aktrisa Faxriya Evjen bilan turmush qurgan aktyorning Karan ismli uch yarim yashar o‘g‘li bor. Karanning suratini ko‘rgan muxlislar uni otasiga quyib qo‘ygandek o‘xshashini ta’kidlaydi.