Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 27-yanvar kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari yaqin kunlarda kadrlar masalasida katta o‘zgarish bo‘lishi haqida so‘z yuritdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Bir hafta ichida kadrlar masalasi bo‘yicha bir qarorga imzo qo‘yaman. Biz ishongan ayrim amaldorlar aravani tortmayapti. Ular sadoqatli odam, lekin ishni bajara olmayapti. Shuncha va’zxonlik yetadi, ularga qancha imkoniyatlar berdik, ammo samarali natija ko‘rsatishmadi. Boshqacha ishlash vaqti keldi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident yetarlicha ishlamayotgan vazir hamda hokimlarni tanqid qilarkan, yaqin kunlarda bir nafar hokim va bir nafar vazir lavozimini tark etishini ta’kidladi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev bosh vazir va administratsiya rahbaridan ruxsat so‘ramay, majlis o‘tkazgan amaldor ishdan olinishini ta’kidlagani hamda Kogon shahrining 4 ta sektor rahbarini ishdan olgani hamda tuman sektor rahbarlari haftaning ikki kunini faqat yoshlar muammolarini hal etishga ajratishini ma’lum qilgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi