So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12212.07
    • RUB 127.16
    • EUR 12992.42
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Shavkat Mirziyoyev “Vatanparvar” tashkiloti Mudofaa vazirligi tizimiga o‘tkazilishini ma’lum qildi

    27.01.2021, 20:11 20740

    Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari “Vatanparvar” tashkiloti bugun o‘zining vazifasini bajarmayotganini ta’kidladi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga ko‘maklashadigan, ularga kasb-hunar o‘rgatadigan ‘Vatanparvar’ tashkiloti bugun o‘zining vazifasini bajarmayapti, desak ayni haqiqat bo‘ladi.

    Shu sababli ikki hafta muddatda ‘Vatanparvar’ tashkilotini 210 ta hududiy tuzilmalari bilan birga Mudofaa vazirligi tizimiga o‘tkazish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqilishi zarur”, – dedi Prezident.

    Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev yig‘ilish davomida O‘zbekistonda 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar soni 18 milliondan ziyod bo‘lib, bu mamlakat aholisining qariyb 55 foizini tashkil etishini ma'lum qildi. Prezidentning ta’kidlashicha 18-30 yoshlilar orasida rasmiy ishsizlik 17 foiz yoki 844 ming nafarni tashkil etmoqda (bu umumiy ishsizlik darajasidan 1,5 baravarga ko‘p). Hisobga olinmagan ishsizlar soni esa bundan-da yuqori.

    Avvalroq Shavkat Mirziyoyev bosh vazir va administratsiya rahbaridan ruxsat so‘ramay majlis o‘tkazgan amaldor ishdan olinishini ta’kidlagani hamda 3 nafar yoshni ish bilan ta’minlashga va’da berib, uni bajarmagan Kogon shahar prokurorini ishdan olish bo‘yicha topshiriq bergani hamda tuman sektor rahbarlari haftaning ikki kunini faqat yoshlar muammolarini hal etishga ajratishini ma’lum qilgani haqida xabar berilgandi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Maktab sinfxonasida doskani urib tushirgan o‘quvchi voqeasiga aniqlik kiritildi

    Bugun, 15:57

    Uy interneti Beeline mobil tarmog‘i orqali

    Bugun, 13:30
    Reklama

    Suyaklar, yurak faoliyati va xotira uchun: Qo‘ziqorinning inson organizmiga qanday foydasi bor?

    Bugun, 15:50

    “Kim birovga choh qazisa, o‘zi tushadi”. Sobiq Akfa universiteti rektori Central Asian University’dagi mojaro haqida

    Bugun, 15:35

    Ashxobod va Seul temiryo‘l sohasida hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda

    Bugun, 15:10

    Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston Gongkong ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

    Bugun, 14:56

    Mashhur insonlarning onalari kim va ular hozirda qanday yashaydi? (foto)

    Bugun, 14:46

    Xitoy kompaniyasi 10 mln dollarga Andijonda qalampirni qayta ishlash loyihasini ishga tushiradi

    Bugun, 14:44

    Xanchjou—2022. Murodjon Yo‘ldoshev Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi

    Bugun, 14:22

    Qozog‘istonda xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi

    Bugun, 14:10

    Vengriyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

    Bugun, 13:58

    Tavsiya etamiz

    Rekord o‘rnatgan ayollar, oq tovuqlar so‘yiladigan marosim, 213 yilligini nishonlayotgan davlat — hafta suratlari

    22:00 / 24.09.2023

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    “Kasallangan bolalarning 143 nafari tuzalgan”. Vazir o‘rinbosari Namangandagi zaharlangan bolalar soniga aniqlik kiritdi

    15:00 / 23.09.2023

    Bosh vazir iste’fosini talab qilayotganlar, sotuvga chiqqan iPhone 15, AQSHga kelayotgan rekord darajadagi migrantlar — 22-sentabr suratlari

    22:00 / 22.09.2023

    MOLIYA

    Pul

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Instagram: Luiza Rasulova Istanbuldan uy oldi, Yulduz Usmonovaning mum haykali ochildi, Rayhonning “Humo arena”dagi konserti qoldirildi

    22:00 / 24.09.2023

    O‘zbekistonda 25-sentabr kuni qanday ob-havo bo‘ladi?

    10:00 / 24.09.2023

    Zelenskiyning qo‘riqchisi Nyu-Yorkda mushtlashdi — OAV (video)

    23:00 / 24.09.2023

    “Putin atrofidagilar bosib olingan hududlardan qo‘shinlarni olib chiqishni o‘ylamoqda” — siyosatchi

    19:00 / 24.09.2023

    Toshkentda poyezd ustida selfi qilmoqchi bo‘lgan 18 yoshli yigitni tok urdi

    09:00 / 24.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?