Yubka ayollar garderobida muhim rol o‘ynaydi, ammo uning noto‘g‘ri tanlanishi obrazni xunuk, qomatni esa to‘la ko‘rinishiga sabab bo‘ladi.
Drapirovka bichimli yubka
Drapirovka bichimli yubka qomatdagi kamchiliklarni berkitadi degan fikrga aslo ishona ko‘rmang. Aslida bunday bichim belni keng va vaznni ortiqcha ko‘rsatadi. Agar qomatingiz mukammal bo‘lmaydigan bo‘lsa, ixcham ko‘rsatadigan, trendga xos printlari bor variantlarga e’tibor qarating.
Shakli lolani esga soladigan yubka
Bunday bichimli yubka hech kimga yarashmasligi aniq. Yubkadagi skladkalar qorin va bel sohasini to‘la, bo‘yi baland bo‘lmaganlarni esa yana ham past bo‘yli qilib ko‘rsatadi. Buning o‘rniga shakli qalamni esga soladigan yubkani tanlash tavsiya qilinadi.
Gorizontal chiziqli yubka
Chizig‘i gorizontal bo‘lgan kiyim-kechaklar qomatni aslidan tamoman boshqacha ko‘rsatish xususiyatiga ega. Shu sabab ham aslo gorizontal chiziqli yubka va liboslarni tanlamang. Vertikal chiziqli kiyim esa aksincha qomatni ixcham, uni kiygan ayol va qizni bashang ko‘rsatadi.
Izoh (0)