Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2020-yilda O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 6,03 milliard dollarni tashkil etib, 2019-yilga nisbatan 17 million dollarga yoki 0,3 foizga oshdi, deb xabar beradi Markaziy bank.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Chet elga yuborilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari miqdori esa 1,2 milliard dollarga yetib, 2019-yilning mos davriga nisbatan 157 million dollarga yoki 15 foizga oshgan.

“Natijada xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo 4,83 milliard dollarga yetdi”, — deyiladi xabarda.

Foto: Markaziy bank

Foto: Markaziy bank

Avvalroq O‘zbekistonda jismoniy shaxslar tomonidan valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali 2020-yilda sotilgan chet el valyutasi miqdori 4,6 milliard dollarni tashkil etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Prava”ni yangisiga almashtirib beradigan onlayn xizmat faoliyatida nosozlik kuzatilmoqda
Mahalliy
O‘zbekistonda gaz zapravkalar qayta ochilishi kutilmoqda
Dunyo
Rossiya Belarusga yangi harbiy qismlar joylashtirdi — Ukraina chegara xizmati