Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda jismoniy shaxslar tomonidan valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali 2020-yilda sotilgan chet el valyutasi miqdori 4,6 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bankning 2020-yilda ichki valyuta bozorida amalga oshirilgan operatsiyalarga doir sharhida ma’lum qilindi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, sotib olish hajmlari 4,1 milliard dollarni tashkil etdi. Bu 2019-yildagi ko‘rsatkichga (3,8 milliard) qaraganda 21 foizga ko‘p.

Foto: Markaziy bank

Foto: Markaziy bank

Bundan tashqari, xalqaro pul o‘tkazmalari orqali respublikaga kelib tushgan valyuta mablag‘lari hajmi 6 milliard dollarni tashkil etib, o‘tgan yilgi ko‘rsatkich doirasida shakllandi.

2020-yil davomida milliy valyutaning AQSh dollariga nisbatan almashuv kursi yil boshiga nisbatan 10,1 foizga qadrsizlangan.

Avvalroq 2020-yil uchun inflyatsiya darajasi 11,1 foizni tashkil etgani, Prezident murojaatnomasida 2021-yilda inflyatsiyani 10 foiz darajasiga tushirish vazifasi belgilangani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Dunyo
Litvada ham rus tilini o‘qitishdan voz kechish taklif qilindi