• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi o‘zgarishi mumkin. Bu masalada 2012-yilda qabul qilingan qonun “Lex.uz” bazasidan yo‘qolgan

    O‘zbekistonning ochiq va pragmatik tashqi siyosatini izchil amalga oshirish hamda belgilangan strategik rejalarning jadal ijrosini ta’minlash maqsadida, 2021-yilning 1-dekabriga qadar tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasini takomillashtirish taklif etilmoqda. Bu haqda 2021-yilgi davlat dasturi loyihasiga tayanib, “Kun.uz” xabar berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Dasturdagi mazkur taklif Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil dekabrdagi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasidan kelib chiqqani ta’kidlanmoqda. Unda davlat rahbari “davlatimiz olib borayotgan ochiq, pragmatik va amaliy tashqi siyosatni inobatga olib hamda uzoq muddatli strategik maqsadlarimizdan kelib chiqqan holda, O‘zbekistonning Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi takomillashtiriladi”, degan edi.

    Milliy qonunchilik bazasi — “Lex.uz” saytida 2012-yilda qabul qilingan ushbu qonunning to‘liq matni mavjud emas.

    Oliy Majlis Senati kengashining Oliy Majlisning 2012-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi 2012-yil 29-dekabrdagi qarorida “O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun davlat tashqi siyosatining fundamental prinsiplari va strategik ustuvor yo‘nalishlarini, xalqaro maydondagi maqsad hamda vazifalarni, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda O‘zbekistonning milliy manfaatlarini ilgari surish mexanizmlarini belgilab beradigan qarashlarning yaxlit tizimini o‘rnatadi”, degan ma’lumot berilgan.

    Ammo “qonun” so‘ziga qo‘yilgan havola “404 xato” sahifaga olib boradi.

    O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar muhokama qilingani to‘g‘risida e’lon qilingan xabarda “tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi takomillashishi barqaror ichki rivojlanish uchun qulay tashqi muhit shakllantirishni tezlashtirish, xalqaro maydonda mamlakatimiz manfaatini samarali ilgari surish va jahon bozorida milliy iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini izchil ravishda oshirishga xizmat qilishi ta’kidlanganligi” ma’lum qilingan.

    Ochiq manbalarda indekslanuvchi jurnallardan birida chop etilgan ilmiy maqolaga ko‘ra, “O‘zbekiston tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi” quyidagi tamal tamoyillardan iborat:

    Birinchidan, O‘zbekiston davlatning, xalqning oliy manfaatlariga, uning farovonligi va xavfsizligiga, mamlakatni modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlariga, amaldagi milliy qonunchilik hamda qabul qilingan xalqaro majburiyatlarga amal qilgan holda ittifoqlar tuzish, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirish, shuningdek, ulardan chiqish huquqini o‘zida saqlab qoladi;

    Ikkinchidan, O‘zbekiston qo‘shni davlatlardagi harbiy mojarolarga va tang vaziyatlarga tortilishining oldini olish yuzasidan siyosiy, iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlarni ko‘radi, shuningdek, o‘z hududida xorijiy davlat harbiy bazalari va obyektlari joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaydi;

    Uchinchidan, O‘zbekiston tinchliksevar siyosat yuritadi, harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi, har qanday davlatlararo tuzilmalar harbiy-siyosiy blokka aylangan taqdirda ulardan chiqish huquqini o‘zida saqlab qoladi;

    To‘rtinchidan, O‘zbekistonning Konstitutsiyasiga, “Mudofaa to‘g‘risida”gi qonuniga va Harbiy doktrinasiga muvofiq, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari faqat davlat suvereniteti va mamlakat hududining yaxlitligini himoya qilish, aholining tinch hayoti va xavfsizligini asrash maqsadidagina tuziladi hamda xorijdagi tinchlikparvarlik operatsiyalarida ishtirok etmaydi.

    Ushbu xabarlar rossiyalik rasmiylardan birining O‘zbekiston Moskva boshliq Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirishiga ko‘mak ko‘rsatishi to‘g‘risidagi vaqti-vaqti bilan paydo bo‘luvchi bayonotlar atrofida yangragan.

    Shuningdek, davlat dasturi loyihasida 2021-yili O‘zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zo bo‘lgan davlatlar bozorlarida to‘laqonli ishtirok etish uchun milliy texnik tartibga solish me’yorlari, ularning talablariga moslashtirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirishi bildirilgan.

    19.01.2021, 10:07   Izoh (0)   17088
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bu senzura deb baholanmaydimi?!”. Shavkat Mirziyoyev saviyasiz ko‘rsatuvlarni tanqid qilgan mahalla faolining taklifiga munosabat bildirdi

    19.01.2021, 09:40

    Samarqandda xotin-qizlarni ularning uyatli va yalang‘och suratlarini tarqatib yuborish bilan qo‘rqitgan shaxslar qo‘lga olindi

    19.01.2021, 09:21

    Toshkentda muddati o‘tgan ichimliklar va iste’molga yaroqsiz mahsulotlarni savdoga chiqarish bilan shug‘ullanib kelgan tadbirkorlar ushlandi

    19.01.2021, 08:41

    MIB Andijon shahar hokimligidan fuqaroga 325 mln so‘m kompensatsiya pulini undirib berdi

    19.01.2021, 08:10

    Oltiariqdagi ko‘mir ombori mudiri 807 mln so‘mlik mahsulotni noqonuniy sotib yuborgani aniqlandi

    19.01.2021, 07:39

    IIV Chiroqchi va Mirishkorda fuqarolarning YPX xodimlari tomonidan kaltaklangani to‘g‘risida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi

    19.01.2021, 07:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.