“Milan” A Seriya 18-turi doirasida 18-yanvar kuni kechgan bahsda “Kalyari”ni mag‘lubiyatga uchratdi (2:0).
Stefano Pioli qo‘l ostidagi jamoa 18 o‘yindan keyin 43 ochko jamg‘argan holda A Seriyada peshqadam bo‘lib turibdi va keyingi o‘rindagi “Inter”ni uch ochkoga ortda qoldirmoqda.
18 turda 43 ochko — bu “Milan” uchun 2003/04-yilgi mavsumdan keyingi eng yaxshi natija hisoblanadi.
O‘shanda milanliklar 45 ochko to‘plagandi. Chempionat yakunida esa 82 ochko bilan chempionlikni qo‘lga kiritgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)