“Bavariya” Germaniya chempionatining 16-turida 17-yanvar, yakshanba kuni “Frayburg”ga qarshi bahs olib bordi (2:1).

Foto: Twitter

Uchrashuvda myunxenliklar hujumchisi Robert Levandovski jamoasining gollaridan biriga mualliflik qildi. Bu 32 yoshli forvard uchun Bundesliga 2020/21-yilgi mavsumidagi 15 o‘yinda urilgan 21-gol bo‘ldi.

Shu tariqa Levandovski birinchi davrada 21 ta gol urgan Germaniya chempionati tarixidagi ilk futbolchiga aylandi. Unga qadar hech kim mavsumning dastlabki yarmida bu qadar ko‘p gol urmagandi.

Polshalik futbolchi joriy mavsum 21 ta goldan tashqari 5 ta golli uzatmaga ham muallif bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!