Daryo

Bundesliga. Levandovski va Myullerning gollari “Bavariya”ga g‘alabani taqdim etdi

Myunxenliklar bu g‘alaba orqali peshqadamlikni mustahkamlab oldi

1 daqiqa o‘qish18 722 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter

Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasi 16-turi doirasida 17-yanvar, yakshanba kuni “Bavariya” jamoasi o‘z uyida “Frayburg”ni qabul qildi.

Foto: Twitter

Robert Levandovski 7-daqiqadayoq gol urib Myunxen jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim 62-daqiqada Nils Peterson hisobni tenglashtirdi. 74-daqiqaga kelib Tomas Myuller “Bavariya”ga g‘alaba keltirgan golni urdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Bavariya” ochkolari sonini 36 taga yetkazib, musobaqa jadvalidagi peshqadamligini mustahkamlab oldi. “Frayburg” esa 23 ochko bilan 8-pog‘onada qoldi.

Bundesliga
16-tur bahslari
17-yanvar, yakshanba

“Bavariya”—“Frayburg” 2:1

Gollar: 1:0 – 7 Levandovski, 1:1 – 62 Petersen, 2:1 – 74 Myuller.

“Bavariya” – Noyer, Pavar, Boateng, Alaba, Devis, Goretska (Xavi Martines, 87), Kimmix (Tolisso, 76), Myuller (Shupo-Moting, 87), Levandovski, Gnabri (Sane, 28), Koman (Musiala, 76).

“Frayburg” – Myuller, Kyubler (Tempelmann, 61), Gulde, Linxart, Shlotterbek, Gyunter, Hefler, Santamariya (Abrashi, 5; Haberer, 55), Grifo, Shallai (Heler, 62), Demirovich (Petersen, 61).

Ogohlantirishlar: Hefler (9), Shallai (46), Shupo-Moting (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar