12-yanvar kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Xitoyning Pekin shahridagi Shishaxay muz maydonida uchib yurgan odamlar.

Foto: Rex

Angliyaning London shahrida ertalabki tig‘iz vaqtda yubiley liniyada shahar tashqarisida harakatlanuvchi poyezd yurib ketmoqda.

Foto: PA

Albaniyaning Obot hududida suv toshgan hududda kemada sayr qilib yurgan bolalar.

Foto: Reuters

Janubiy Koreyaning Seul shahrida derazadan turib yog‘ayotgan qorni suratga olayotgan ayol.

Foto: Reuters

Yaponiyaning shimoliy qismidagi Hokkaydo orolidagi tropik botanika bog‘ida joylashgan issiq buloqda o‘tirgan makakalar.

Foto: Reuters

Indoneziyaning Jakarta qirg‘oqlariga qulagan Sriwijaya Air SJ 182 reysining qora qutisi bo‘laklari.

Foto: Reuters

Vyetnamning Xanoy shahrida Byen ko‘prigida sun’iy gullar sotuvchisi o‘tib ketmoqda.

Foto: AFP

Finlandiyaning Xelsinki shahridagi kafedral sobor qalin qor bilan qoplandi.

Foto: Rex

Pokistonning Peshovar shahrida “Eshikdan eshikkacha” vaksina kampaniyasi doirasida tibbiyot xodimi bolaga poliomiyelitga qarshi vaksina yubormoqda. 5 kunlik vaksinatsiya jarayoni 5 yoshgacha bo‘lgan 40 milliondan ortiq bolalarni o‘z ichiga qamrab oldi.

Foto: EPA

Fransiyaning Parij shahrida restoran derazalaridan ko‘rinib turgan odamlar. Hukumat mamlakatda vaksinani joriy etishni tezlashtirishga kirishmoqda.

Foto: Getty Images

Livanning Bayrut shahrida to‘liq lokdaundan oldin odamlar oziq-ovqat g‘amlab olishga shoshilmoqda.

Foto: AFP

AQShning Gavayi orollaridagi Kilauea cho‘qqisida joylashgan Halemauma vulqon og‘zida hamon lava qaynab chiqmoqda.

Foto: EPA

Xitoyning Shansi hududida yaqinda qurib bitirilgan COVID-19 laboratoriyasida ishlayotgan xodimlar.

Foto: Getty Images

AQSh Milliy gvardiyasi askarlari yaqindagina Tramp tarafdorlari tomonidan hujumga uchragan Kapitoliy binosini kezib chiqmoqda.

Foto: Reuters

Qutqaruvchilar Indoneziyaning Sriwijaya Air aviakompaniyasiga tegishli halokatga uchragan Boeing 737-500 samolyoti yo‘lovchilari qoldiqlarini olib chiqishni boshladi.

Foto: Reuters

Italiyaning Rim shahrida talabalar hukumatning oliy o‘quv yurtlari ochilishini pandemiya sababli keyinroqqa surish haqidagi qaroriga qarshi namoyishga chiqdi.

Foto: Reuters

Hindistonning Dehli shahrida qafaslar oldida o‘tirgan qush sotuvchisi.

Foto: Reuters

Kanadaning Toronto shahrida koronavirusdan emlashga qarshi namoyishchi “Boshingizdagi muz viruslarni o‘ldiradi” degan plakat ko‘tarib olgan.

Foto: Reuters

Fransiyaning Carmat kompaniyasi Yevroittifoq organlaridan sun’iy yurak sotuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ruxsat olganini bildirdi. Qurilma yurak transplantatsiyasini kutayotgan bemorlar uchun vaqtinchalik organ vazifasini bajaradi.

Foto: Reuters