4-yanvar kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.
O‘ta ochlikdan aziyat chekayotgan yamanlik 7 yoshli bola. 7 kilogramm bo'lib qolgan bolakayga bugungi kunda shifokorlar, donorlar yordam bermoqda. Bolada paralich kasalligi ham bor.
Foto: Reuters
Hindistonning Muradnagar shahrida bino tomining qulashi natijasida kamida 25 nafar odam hayotdan ko‘z yumdi.
Foto: Reuters
Nepalning Katmandu shahrida mamlakat parlamenti tarqatilgach norozilik namoyishlari boshlandi.
Foto: Reuters
Saudiya Arabistonida dunyoga mashhur “Dakar-2021” rallisining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Foto: Reuters
Sent-Vinsent orollarining shimoliy qismida Sufriyor vulqoni qo‘zg‘alishda davom etmoqda.
Foto: Reuters
Yamandagi Adena aeroportiga uyushitirilgan hujum natijasida o‘ldirilgan telejurnalist Adib al-Jononiyning tobutini ko‘tarib ketayotgan jurnalistlar va omma.
Foto: Reuters
Buyuk Britaniyaning Surrey grafligidagi Ripli hududidagi Uey daryosida kanoeda suzib ketayotgan erkak.
Foto: Reuters
Xitoyning Changsha hududida elektrovelosipedlar utilizatsiya markazida navbatda turibdi.
Foto: Getty Images
Braziliyaning Taruma bog‘idagi qabristonda koronavirus tufayli vafot etgan 73 yoshli Veronika Ferreyraning o‘g‘illari uning dafn marosimini o‘tkazmoqda.
Foto: Reuters
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Shimoliy Londondagi Cheyz-Farm kasalxonasiga kelgan vaqtida haroratini o‘lchashmoqda.
Foto: Reuters
Eronning Kirmon shahrida AQSh hujumi natijasida halok bo‘lgan harbiy yo‘lboshchi Qosim Sulaymoniy o‘limining bir yilligini yod etayotgan shahar ahli.
Foto: Reuters
Falastinlik namoyishchi Isroil tomonidan okkupatsiya qilingan g‘arbiy qirg‘oqda isroillik aholining joylashtirilishiga qarshi norozilik bildirib cho‘zma orqali tosh otmoqda.
Foto: Reuters
AQShning respublikachilar partiyasidan saylangan senatori Kelli Loffler saylovchining uyi oldida uning itini qarshi olmoqda.
Foto: Reuters
Braziliyaning San-Paulu shtatidagi Santo-Andre shahridagi koronavirus bemorlarini davolash uchun kasalxonaga aylantirilgan sportzalda Yangi yil arafasida ishlab yurgan hamshiralar.
Foto: Reuters
Bali orolining g‘arbidagi Kuta kurorti 1-yanvardan keyingi shtorm natijasida deyarli to‘liq plastik bilan qoplandi. Ushbu va boshqa qoshni plyajlarni tozalash uchun hukumat politsiya hamda harbiylarni jalb qilishga majbur bo'ldi. Umumiy miqdorda olib chiqilgan 30 tonna chiqindining 2/3 qismi plastikdan iborat. Qish oylarida Indoneziyaning eng aholisi ko‘p oroli Yavadan esgan shamol natijasida Balining g‘arbiy qirg‘oqlari muntazam ravishda chiqindixonaga aylanadi qoladi.
Foto: Meduza