6-yanvar kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.
Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Batu g‘orining 272 tasidan ayrimlari tozalanmoqda. Hukumat turizmga yordam berish uchun chegaralarini ochishni rejalashtirmoqda.
Foto: EPA
Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi “Otchopar” mahallasida joylashgan uylarning birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatida portlash sodir bo‘lib, uy devorlari qulab tushgan.
Foto: “Daryo”
Buyuk Britaniyaning London shahrida sog‘liqni saqlash vaziri Mett Xenkok bosh vazir qarorgohi Dauning-stritga keldi.
Foto: Getty Images
Markaziy Afrika Respublikasining Bangi hududida Ibrohim Yavesse o‘z uyida yog‘och doskalar vositasida bolalarga Qur’on o‘rgatmoqda.
Foto: Getty Images
Bolgariyaning Kalofer hududida erkaklar Tunja daryosining muzli suvlarida an’anaviy xoro raqsini ijro etmoqda.
Foto: AFP
Kolumbiyaning Pasto hududida koronavirus tufayli ommasiz o‘tkazilayotgan karnavalda chiqish qilayotgan artistlar.
Foto: Getty Images
Suriyaning Idlib shahridagi Abu-Fido muhojirlar lagerida qo‘g‘irchoq o‘ynab o‘tirgan bolalar.
Foto: Getty Images
Tailandning Bangkok shahrida poytaxt boshqarmasi xodimlari Yodpiman bozorini dezinfeksiya qilmoqda.
Foto: Getty Images
Venesuela Milliy kongressi Ugo Chaves va Simon Bolivar portretlari yonida qasamyod qildi.
Foto: Reuters
G‘arbiy Avstraliyadagi Gingen hududida o‘rmon yong‘inlari uchqunlari daraxtga urilmoqda.
Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp tarafdorlari 2020-yildagi saylov natijalari Kongress tomonidan ma’qullanishi arafasida Ozodlik maydonida miting uyushtirish uchun yig‘ilmoqda.
Foto: Reuters
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Nexia signalizatsiya moslamasidagi qisqa tutashuv sabab yonib ketdi.
Foto: YHXBB
Xitoyning Pekin shahrida daryoda sovuqda suzib kelgan suzuvchi ayol isinish uchun issiq suv quymoqda.
Foto: Reuters