Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Indoneziyaning Sriwijaya Air aviakompaniyasining Boeing 737-500 samolyoti Jakartadan jo‘nab ketganidan keyin radarlardan g‘oyib bo‘ldi va katta ehtimol bilan dengizga qulab tushdi, deb xabar berdi TASS.

Aviakompaniya Jakartadan Pontianakka mahalliy SJ182 reysini amalga oshirgan. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot bortida 62 kishi bo‘lgan.

CNN xabariga ko‘ra, layner Ming orollar arxipelagi hududiga qulagan. Halokat sodir bo‘lgan taxminiy joyga uchta qidiruv-qutqaruv kemasi yuborilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, suvdan alyuminiy bo‘laklari topilgan, ammo bu 182-reysning qoldiqlari ekani aniq emas.

Flightradar24 xabariga ko‘ra, Jakartadan jo‘nab ketganidan to‘rt daqiqa o‘tgach, layner bir daqiqadan kamroq vaqt ichida uch kilometr balandlikdan qulagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Vazirlikning 8 mlrdga tushgan sayti, qashqadaryolik ota-o‘g‘ilning Toshkentni “lol qoldirgan” qilmishi: “Daryo”da hafta dayjesti
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi