Turkiya sharqidagi Van viloyatida razvedkachi samolyot qulashi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Sulaymon Soyluga tayanib, Anadolu xabar berdi.

Foto: Anadolu

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, samolyot razvedka va kuzatish missiyasini bajarayotgan bo‘lgan. Falokat oqibatida ikki nafar uchuvchi va xavfsizlik organlarning besh nafar xodimi halok bo‘lgan.

Soyluning ma’lum qilishicha, samolyot Van viloyatidagi Ferit Melen aeropotidan mahalliy vaqt bilan soat 18:34 da havoga ko‘tarilgan. Soat 22:45 da esa radarlardan yo‘qolib qolgan. Taxminlarga ko‘ra, samolyot Artos tog‘lari joylashgan hududda falokatga uchragan, hozirda qidiruv ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda ham Turkiyada harbiy samolyot halokatga uchragan va falokat oqibatida uch kishi halok bo‘lgan edi.