Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Qorasu-6 dahasida joylashgan Makro supermarketiga Lacetti kirib ketdi. Bu haqda “Exo Uzbekistana” kanalida xabar qilindi.

Avtomashina do‘kon oynalarini sindirib, ichkarigacha kirib borgan. Videoda supermarketga jiddiy zarar yetganini ko‘rish mumkin.

Voqea sabab jarohat olganlar haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

Avvalroq Xadradagi sirk binosi ro‘parasida joylashgan bekat va do‘kon yonib ketgani haqida xabar berilgandi.