• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Isroil — koronavirusga qarshi emlashlar soni bo‘yicha dunyoda yetakchi: aholining 13 foizdan ortig‘i emlanib bo‘ldi. Ammo bunday yuqori sur’at uchun vaksina endi yetmaydi

    4-yanvar ma’lumotlariga qaraganda, Isroil aholisining 13 foizdan ortig‘i koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasi bilan emlangan. Ammo yaqin orada mamlakat vaksinatsiya sur’atlarini pasaytirishiga to‘g‘ri kelishi mumkin — g‘arbdagi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yangi dozalarni yetkazib berishda muammo yuzaga kelgan. Meduza Isroil qanday qilib rekord ko‘rsatkichlarga erishgani va to‘xtab qolish qanday xavf tug‘dirishi haqida yozdi.

    Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu koronavirusga qarshi emlanmoqda. Ramat-Gan. 2020-yil 19-dekabr

    Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu koronavirusga qarshi emlanmoqda. Ramat-Gan. 2020-yil 19-dekabr
    Foto: SIPA

    Isroil yaqin kunlardayoq koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini tarqatish tezligini kamaytirishni yoki hatto uni to‘liq to‘xtatishni rejalashtirmoqda, deb yozdi Times of Israel. Ayni vaqtda, 4-yanvar holatiga ko‘ra, ushbu mamlakatda emlangan odamlar soni 1,2 million kishiga yetgan — bu Isroil aholisining 13 foizidan ko‘proq demakdir. Aholi boshiga emlanganlar soni bo‘yicha mamlakat dunyoda birinchi o‘ringa chiqib oldi. Taqqoslash uchun, AQShda aholining 1 foizdan kamroq qismi emlangan bo‘lsa, Rossiya hukumati 800 ming kishi (taxminan 0,6 foiz) haqida gapirmoqda, ammo bu raqamlar katta shubha tug‘dirmoqda.

    Isroil qanday qilib rekordchiga aylandi?

    The Washington Post yozishicha, Isroil vaksinatsiyada bunday muvaffaqiyatlarga erishishining asosiy sababi — aholining kamligi (9 million kishi) va sog‘liqni saqlash tizimining o‘ziga xosligi. Mamlakatning har bir fuqarosi “kasalxona kassalari”dan biriga birikishga majbur, ular esa o‘z navbatida markazlashgan holda kelib tushgan vaksinalarni tarqatadi va o‘z mijozlari haqida barcha zarur ma’lumotlarga egadir.

    Bundan tashqari, Isroilda amalga oshirilgan emlashlarning tizimlashtirilgan hisobi olib borilmoqda, buning sharofati bilan hukumatning vaziyatni nazorat qilishi va boshqarishi osonroq bo‘lmoqda.

    Va nihoyat, mamlakatning amaldagi bosh vaziri Binyamin Netanyaxu uchun vaksinatsiya muvaffaqiyati — bu siyosiy masala ham. 2021-yil martida mamlakatda ikki yil ichidagi to‘rtinchi parlament saylovlari bo‘lib o‘tishi kerak, va pandemiyaga qarshi kurash, aftidan, saylov kampaniyasining asosiy mavzularidan biriga aylanadi. Shunday bo‘lsa-da, WP ekspertlari Netanyaxu barcha ehtimoliy yutuqlarni o‘ziniki deb ko‘rsata olishiga shubha qilmoqda, chunki ular asosan sotsialistik tamoyillar bo‘yicha tashkillashtirilgan tibbiy tizim ishiga asoslanadi.

    Qayerda xato ketdi?

    Xabar berilishicha, cheklovlar vaksinaning birinchi dozasini olishga ulgurgan isroilliklarga tegishli bo‘lmaydi — ular joiz bo‘lgani kabi ikkinchi marta emlana oladi. Ammo mahalliy OAVlar ma’lumotlariga qaraganda, birinchi vaksinani oladigan odamlarning har kunlik soni avvalgidan ancha pasayadi — shu paytgacha kuniga 100 ming kishigacha aholi emlanayotgan edi.

    Majburiy sekinlashishning asosiy sababi — Isroilga vaksina yetkazib berish sur’atlarining yetarli emasligi. Hozir bu mamlakatda Pfizer/BioNTech vaksinasi bilan emlashmoqda, yaqin kunlarda esa Moderna vaksinasining millionlik partiyasi ham yetib kelishi kutilmoqda. Lekin hatto shuni hisobga olganda ham, mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi taxmin qilishicha, birlamchi emlashda kamida ikki haftalik tanaffus qilib turishga to‘g‘ri keladi.

    Isroilning Channel 12 kanali xabar berishicha, aynan vaksinatsiyaning rekord darajadagi sur’atlari Pfizer bilan muzokaralarda qiyinchiliklar yuzaga kelishiga olib kelgan. OAVlar ma’lumotlariga ko‘ra, boshqa mamlakatlar hukumatlari kompaniyadan o‘z vaksinasini bir tekisroq taqsimlashni talab qilgan, ishlab chiqarishni tezkorlik bilan oshirish esa uning qo‘lidan kelmaydi. Ammo firmaning o‘zida qandaydir tashqi bosim yetkazib berish hajmini cheklashi mumkinligini rad etmoqda.

    Isroilliklar Pfizer/BioNTech vaksinasini olish uchun navbatda turibdi. Quddus, 2020-yil 22-dekabr

    Isroilliklar Pfizer/BioNTech vaksinasini olish uchun navbatda turibdi. Quddus, 2020-yil 22-dekabr
    Foto: Shutterstock

    Biroq vaksinatsiya jarayonining o‘zi ham butunlay silliq kechayotgani yo‘q. Isroildagi qoidalarga ko‘ra, birinchi bo‘lib emlanish huquqi 60 yoshdan oshgan odamlarda, shuningdek, xavf guruhidagilarda bor. Ularning hammasi ham emlanishga kelmayapti, lekin agar beshta dozalik bitta flakon sovitkichli kameradan chiqarib qo‘yilgan bo‘lsa, tez orada ular yaroqsiz holga keladi. Qisman shu holatdan qochish uchun hech qaysi xavf guruhiga ham kirmaydigan odamlar ham emlanmoqda — 20-40 yosh oralig‘idagi jami 100 ming isroillik vaksina olishga ulgurdi. Ayni vaqtda, emlanganlar orasida hech qaysi xavf guruhiga kirmaydigan mansabdorlar ham bor bo‘lib chiqdi.

    Arab aholi yashaydigan joylarda emlanishdan bosh tortish foizi ayniqsa yuqori (40 foizgacha). Shu bilan birga Isroil Falastin hududlariga — G‘azo sektori va Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘iga vaksina yetkazib berishdan bosh tortmoqda, uning ta’kidlashicha, aholini vaksinatsiya qilish, xalqaro kelishuvlarga muvofiq, mahalliy ma’muriyat vakolatiga kiradi. Ayni vaqtda mamlakat hukumati e’tirof etishicha, qisman ularning o‘zi ham falastinliklarni emlashdan manfaatdor, chunki ularning minglab nafari Isroilda yashaydi.

    Vaksinatsiyaning to‘xtatib qo‘yilishi mamlakatdagi epidemiologik vaziyatni yanada yomonlashtirishi mumkin, u yerda so‘nggi bir yil ichidagi uchinchi lokdaun e’lon qilinib bo‘lgan, uning shartlari esa keskinlashtirilishi mumkin. Faol kasallanish holatlari 49,5 mingtadan oshadi, 3-yanvarda 5135 ta yangi holat aniqlangan, musbat testlar ulushi esa 6,6 foizga teng — bu so‘nggi oylardagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri. Hozirdanoq kasalxonalar shoshilinch bo‘lmagan operatsiyalarning 10 dan 40 foizigacha bo‘lgan qismini keyinga qoldirishga majbur bo‘lmoqda. Hukumat qayd etishicha, koronavirusning navbatdagi to‘lqini avvalgilaridan jiddiyroq, og‘ir kechishlar soni yuqoriroq, va ko‘proq binolarni COVID-19’ga qarshi kurashga moslashtirishga to‘g‘ri kelmoqda.

    Mavzuga doir:

    • Isroil aholisining 10 foizi koronavirusga qarshi emlandi
    • Isroilda Pfizer vaksinasi bilan emlangan erkak yurak xurujidan vafot etdi
    • Isroilda koronavirus sababli 27-dekabrdan uchinchi karantin boshlanadi
    • Isroil bosh vaziri onlayn efirda Pfizer vaksinasi bilan emlandi

    07.01.2021, 08:15   Izoh (0)   9163
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sankt-Peterburgda o‘zbekistonliklar ishtirokida mushtlashuv sodir bo‘ldi. Muhojirlardan biri shifoxonaga yotqizildi

    07.01.2021, 07:14

    COVID-19’ga qarshi vaksinatsiya 30 dan ortiq mamlakatda boshlangan – JSST

    07.01.2021, 06:54

    Julian Assanj (hozircha) AQShga berilmaydi. Britaniya sudi fikricha, amerikaliklar uni o‘z joniga qasd qilishdan saqlab qololmasligi mumkin

    07.01.2021, 06:33

    Trampning tarafdorlari Kapitoliyga bostirib kirdi. U yerda AQSh prezidenti saylovi yakunlari tasdiqlanishi kerak edi

    07.01.2021, 01:17

    Yog‘och doskada Qur’on o‘rganayotgan o‘quvchilar, Qarshida portlagan uy, muhojirlar lageridagi bolalar. 6-yanvar suratlari

    06.01.2021, 23:59

    Rus pravoslav cherkovi rahbari koronavirusga ishonmaslikni Xudoga ishonmaslikka tenglashtirdi

    06.01.2021, 23:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.