• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Julian Assanj (hozircha) AQShga berilmaydi. Britaniya sudi fikricha, amerikaliklar uni o‘z joniga qasd qilishdan saqlab qololmasligi mumkin

    Britaniya sudi AQSh hukumatining WikiLeaks asoschisi Julian Assanjni ekstraditsiya qilish so‘rovini rad etdi. Amerika hukumati Assanjni maxfiy hujjatlarni noqonuniy e’lon qilishda ayblamoqda, u barcha ayblovlar bo‘yicha jami 175 yilga qamalishi mumkin. Ammo sudya Vanessa Baraytzer fikricha, Amerika qamoqxonasida Assanj o‘z joniga qasd qilishi mumkin. Ayni vaqtda tergovchining tarafdorlari uning jinoiy ta’qib qilinishi boshidanoq siyosiy maqsadlarga ega bo‘lgan, degan fikrda.

    Assanj o‘z ekstraditsiyasi haqidagi sud qarorini tinglamoqda. Sud zalida chizilgan sketch. 2021-yil 4-yanvar

    Assanj o‘z ekstraditsiyasi haqidagi sud qarorini tinglamoqda. Sud zalida chizilgan sketch. 2021-yil 4-yanvar
    Foto: PA

    AQShda Assanj 175 yilga qamalishi mumkin. Uning tarafdorlari fikricha, jinoiy ta’qib sababi — uning jurnalistlik faoliyati

    Angliya va Uels markaziy jinoiy sudi (Old-Beyli sifatida ko‘proq mashhur) Amerika hukumatining WikiLeaks asoschisi Julian Assanjni topshirish da’vosini rad etdi. O‘z qarorini asoslar ekan, sudya Vanessa Baraytzer Assanj “o‘z kelajagi uchun qo‘rqayotgan, depressiya holatidagi, ba’zan esa umidsizlik holatidagi odam sifatida taassurot qoldirishi”ni aytdi. Uning fikricha, AQSh huquq-tartibot organlari Assanj ekstraditsiyadan keyin o‘z joniga qasd qila olmasligi borasida yetarlicha ishonchli kafolatlar taqdim etmagan.

    AQShda Assanj 175 yilgacha muddatga qamalishi mumkin. U maxfiy ma’lumotlarni noqonuniy tarzda qo‘lga kiritganlikda (17 ta band, har biri bo‘yicha 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish), shuningdek, kompyuter orqali hujum uyushtirish maqsadida til biriktirganlikda (5 yilgacha qamoq) ham ayblanmoqda. Ayblovlar Amerika razvedkasi va qurolli kuchlari maxfiy hujjatlarining e’lon qilinishi bilan bog‘liq, ularni Assanj Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq xodimasi Chelsi Menning (transgender, o‘zgarishdan avval Bredli Menning bo‘lgan) yordamida qo‘lga kiritgan. Ushbu hujjatlar Afg‘oniston va Iroqdagi jangovar harakatlarga, shu jumladan, amerikalik harbiylar tomonidan amalga oshirilgan tinch aholining o‘ldirilishi va mahbuslarning qiynoqqa solinishi holatlariga tegishli bo‘lgan. Bundan tashqari, keng ko‘lamdagi diplomatik yozishmalar ham ommaga fosh qilingan.

    Bu hujjatlarning barchasi 2010—2011-yillarda WikiLeaks saytida chop etilgan. Assanj va uning tarafdorlari nuqtayi nazaridan, u manbadan omma uchun ahamiyatli ma’lumotni qo‘lga kiritgan tadqiqotchi jurnalist sifatida harakat qilgan. Himoya tomoni guvohlari sudda aytishicha, WikiLeaks’dagi maqolalar ularga o‘z yaqinlari haqidagi haqiqatni bilishga va ba’zi holatlarda jinoyatda aybdorlarni javobgarlikka tortishga yordam bergan. Assanjning qallig‘i Stella Morris hukm e’lon qilinishidan avvalroq uning AQShga topshirilishi hukumat tomonidan amalga oshirilgan suiiste’mollar haqidagi har qanday suhbatlarni murakkablashtirishi haqida yozgandi.

    O‘z navbatida, AQSh hukumati fikricha, u ma’lumot sizib chiqishini tashkillashtirishga bevosita aloqador bo‘lgan va ko‘plab qonunlarni qo‘pol ravishda buzgan. Sudya Baraytzer Assanjni ekstraditsiya qilishni rad etgan bo‘lishiga qaramasdan, u sudlanuvchining xatti-harakatlari jurnalistik standartlardan uzoq bo‘lgani borasida amerikalik prokurorlarning fikriga qo‘shildi. Assanjning informatori Chelsi Menning AQShda 2013-yilda sudlangan, ammo 2017-yilda prezident lavozimidan ketishi oldidan Barak Obama tomonidan afv etilgan edi. U 2019-yil martida Assanjga qarshi ko‘rsatmalar berishdan bosh tortganligi uchun qo‘lga olishgan, ammo bir yildan keyin qo‘yib yuborishgan.

    Assanj bir yarim yildan ko‘proq vaqt mobaynida qamoqda saqlanmoqda. BMTning qiynoqlar bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Britaniya hukumatini shafqatsizlikda aybladi

    Assanjni turli sabablar bilan jinoiy ta’qib qilish o‘n yildan ortiq davom etmoqda. WikiLeaks asoschisiga qarshi birinchi ish Shvetsiya prokuraturasi tomonidan 2010-yil dekabrida, saytda maqolalar e’lon qilinishi avjiga chiqqanida qo‘zg‘atilgan edi. U bundan bir necha oy avval Stokgolmga safari chog‘ida zo‘rlashni amalga oshirishda ayblandi. Assanj o‘shanda Britaniya politsiyasiga taslim bo‘lgan, garov evaziga qo‘yib yuborilgan, ammo sud uni Shvetsiyaga ekstraditsiya qilish haqida qaror qilganidan keyin ko‘p o‘tmay, Londondagi Ekvador elchixonasiga yashiringan. Assanjning o‘zi Shvetsiya hukumati uni AQShga topshirmoqchi ekanligini iddao qilgan. Tez orada bu mamlakatda unga qarshi birinchi ishlar qo‘zg‘atildi. 2017-yilda Shvetsiya prokuraturasi tekshiruvni to‘xtatib, Assanjning o‘zining ko‘rsatmalarini olmasdan turib uni yakunlay olmasligini, bu esa u Ekvador elchixonasida qolar ekan, qariyb imkonsiz ekanligini bildirgandi.

    Julian Assanj Shvetsiya hukumati jinsiy zo‘ravonlik haqidagi unga qarshi tekshiruvni to‘xtatgani haqidagi xabardan keyin Londondagi Ekvador elchixonasi balkoniga chiqdi. 2017-yil 19-may

    Julian Assanj Shvetsiya hukumati jinsiy zo‘ravonlik haqidagi unga qarshi tekshiruvni to‘xtatgani haqidagi xabardan keyin Londondagi Ekvador elchixonasi balkoniga chiqdi. 2017-yil 19-may
    Foto: PA

    CNN telekanali tadqiqotida ta’kidlanishicha, 2016-yilda, AQShdagi saylovoldi kampaniyasi chog‘ida, Assanj Demokratik partiya vakillarining o‘g‘irlangan xatlari chop etilishiga shaxsan rahbarlik qilgan. Gap maxsus prokuror Robert Myuller ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Bosh razvedka boshqarmasi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan xakerlik hujumi natijasida o‘g‘irlangan xatlar haqida bormoqda. Buning oqibatida Donald Trampning raqibi Xillari Klintonning obro‘si to‘kilgan, deb hisoblaniladi. Ushbu ish chog‘ida Assanj go‘yoki o‘zi 2012-yilda World Tomorrow ko‘rsatuviga boshlovchilik qilgan RT telekompaniyasi vakillari bilan uchrashgan.

    2019-yil aprelida Ekvador hukumati Assanjni siyosiy boshpana shartlarini buzishda aybladi, shundan keyin u binoni tark etishga majbur bo‘ldi va shu zahoti Britaniya politsiyasi tomonidan hibsga olindi. Sud uni Ekvador elchixonasiga qochib ketganligi uchun 50 haftaga qamoqqa hukm qildi. Shundan keyin ko‘p o‘tmay BMTning qiynoq masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Nils Melser Britaniya hukumatini Assanjga shafqatsiz munosabatda bo‘lishda va AQSh rahbariyati bilan til biriktirishda aybladi.

    WikiLeaks asoschisining sog‘lig‘i yuzasidan “Shifokorlar Assanj tomonida” uyushmasini tashkil qilgan va The Lancet nufuzli tibbiy nashr orqali uning ozod etilishini talab qilgan ko‘plab shifokorlar ham xavotir bildirgan. Xuddi shunday talablarni “Chegara bilmas muxbirlar” jurnalistlar tashkiloti ham ilgari surgan. Ishni aynan sudya Vanessa Baraytzer olib bordi — u ham Assanjning izolyatordan ozod qilinishini bir necha marta rad etgan, shu jumladan, uning advokatlari qamoqda COVID-19 yuqtirib olish xavfi yuqoriligini aytganida ham ruxsat bermagan edi. U har safar Assanj birinchi marta garov evaziga ozodlikka chiqqanida qochib ketganini pesh qilardi.

    Ayni vaqtda Shvetsiya prokuraturasi zo‘rlash ayblovi bo‘yicha tekshiruvlarni qayta boshladi, ammo ko‘p o‘tmay ishni uzil-kesil yopdi, bunda u dalillar yetarli emasligini sabab qilib keltirdi, ehtimoliy jinoyatdan keyin ancha vaqt o‘tib ketgani tufayli buni kompensatsiya qilib bo‘lmasdi.. Ammo 2020-yil mayida Assanjning AQShga ekstraditsiya qilinishi bo‘yicha sud eshituvlari boshlandi, shuning uchun uning izolyatorda saqlanish vaqti uzaytirildi.

    Sud majlislari koronavirus pandemiyasi tufayli ko‘p marta qoldirildi, ko‘plab guvohlar videoaloqa orqali ko‘rsatma berishga majbur bo‘ldi, ba’zi hollarda shaxsiy ko‘rsatmalar yozma tarzda taqdim etildi, ba’zi huquq himoyachilari jarayon translyatsiyasini ko‘ra olmay qoldi — sudya Baraytzer ta’kidlashicha, bunga texnik nosozliklar sabab bo‘lgan. “Chegara bilmas muxbirlar” vakillari sud bo‘lib o‘tgan sharoitni “shokka tushiruvchi” deb atadi.

    Ekstraditsiyani rad etish qarori umuman kutilmagan bo‘ldi. Ammo bu yakuniy qaror emas

    Voqealarning rivoji shunday borayotgan bir paytda Assanjni ozod etish kampaniyasi xalqaro tus olib ketgan bo‘lishiga qaramay, sud yakunda AQSh hukumati talablarini rad etishiga hech kim ishonmagan edi. Ushbu kampaniyani, xususan, ko‘pchilik nemis siyosatchilari qo‘llab-quvvatladi. Hukm o‘qib eshittirilishi arafasida Assanjni ozod qilish tarafdorlarining piketlari London, Berlin va boshqa Yevropa shaharlarida bo‘lib o‘tdi. Assanjni prezidentligining so‘nggi kunlarida Donald Tramp afv etishi mumkin, degan mish-mishlar paydo bo‘ldi (unga, xususan, Yangi yil oldidan BMT maxsus ma’ruzachisi Nils Melser murojaat qilgan edi), ammo ular haligacha Oq uy tomonidan tasdiqlangani yo‘q.

    Assanj tarafdorlari uning AQShga ekstraditsiya qilinishini taqiqlagan sud qarorini bayram qilmoqda. London, 2021-yil 4-yanvar

    Assanj tarafdorlari uning AQShga ekstraditsiya qilinishini taqiqlagan sud qarorini bayram qilmoqda. London, 2021-yil 4-yanvar
    Foto: Reuters

    Sud binosi atrofiga yig‘ilgan Assanj tarafdorlari ekstraditsiyaning rad etilgani haqidagi yangilikni olqishlar bilan qarshi oldi. Qarorni ko‘plab britaniyalik siyosatchilar, shu jumladan, Assanj siyosiy maqsadga ega ta’qiblar qurboniga aylangan bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydigan hukmron Konservativ partiya vakillari ham qo‘llab-quvvatladi. Ayni vaqtda “Chegara bilmas muxbirlar” sudya Baraytzerning Amerika tomoni Assanjning harakatlari xususiyati bo‘yicha keltirgan dalillarga yon bosganidan norozi qoldi. Ushbu tashkilot huquqshunoslari u jurnalistlik faoliyati uchun ta’qib etilayotganini ta’kidlashda davom etib, buni hukumat tan olishini talab qilmoqda.

    Endi AQSh prokuraturasida qarordan norozi bo‘lib shikoyat berish uchun 12 kun vaqt bor. Assanjning onasi o‘n yillik sud jarayonlarini “yetarlicha jazo” deb atab, apellyatsiyadan voz kechishga chaqirdi, ammo Amerika hukumati shikoyat arizasi berishini allaqachon ma’lum qildi. 6-yanvar kuni sud Assanjni apellyatsiya vaqtida garov evaziga ozod qilish-qilmaslikka qaror qilishi kerak.

    Mavzuga doir:

    • Britaniya sudi Julian Assanjni AQShga ekstraditsiya qilishni rad etdi
    • Londonda Assanjni AQShga ekstraditsiya qilish yuzasidan sud eshituvi boshlandi
    • Shifokorlar Assanj turmada o‘lishi mumkinligidan xavotirda
    • Assanj Britaniyada tayinlangan hibsga olish jazosiga qarshi shikoyat qilmaydigan bo‘ldi
    • Shvetsiya sudi Julian Assanj mamlakatga ekstraditsiya qilinishini talab etmaslikka qaror qildi
    • Julian Assanj turma kasalxonasiga o‘tkazildi

    07.01.2021, 06:33   Izoh (0)   14743
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Trampning tarafdorlari Kapitoliyga bostirib kirdi. U yerda AQSh prezidenti saylovi yakunlari tasdiqlanishi kerak edi

    07.01.2021, 01:17

    Yog‘och doskada Qur’on o‘rganayotgan o‘quvchilar, Qarshida portlagan uy, muhojirlar lageridagi bolalar. 6-yanvar suratlari

    06.01.2021, 23:59

    Rus pravoslav cherkovi rahbari koronavirusga ishonmaslikni Xudoga ishonmaslikka tenglashtirdi

    06.01.2021, 23:13

    Yevropa Ittifoqida Moderna vaksinasidan foydalanish ma’qullandi

    06.01.2021, 22:43

    “U g‘oyib bo‘lgani yo‘q”. Alibaba asoschisi taxminan qayerdaligi haqida xabar paydo bo‘ldi

    06.01.2021, 22:14

    AQShda COVID-19’ga qarshi 500 doza vaksinani yaroqsiz holga keltirgan farmatsevt o‘z qilmishi sababini aytdi

    06.01.2021, 21:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda dunyodagi eng baland temiryo‘l ko‘prigi ochildi (video)

    Dunyo | 6 iyun, 23:00

    Qozog‘iston harbiylarini Buyuk Britaniyada o‘qitadi

    Dunyo | 6 iyun, 22:00

    Superliga. Qoldirilgan bahsda “Xorazm” “Qizilqum”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 6 iyun, 21:10

    Rossiyada IELTS topshirganlar qamalishi mumkin

    Dunyo | 6 iyun, 21:00

    Shavkat Mirziyoyevni Qurbon hayiti bilan kimlar tabrikladi?

    O‘zbekiston | 6 iyun, 19:57

    Ukraina “O‘rgimchak to‘ri”ga o‘xshash yangi operatsiyalarga tayyorlanmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 6 iyun, 19:30

    Germaniya yuzlab migrantlarni mamlakatga kiritmadi

    Dunyo | 6 iyun, 18:50

    Ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun Toshkentga keldi (foto)

    O‘zbekiston | 6 iyun, 17:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.