Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2020-yil dekabr o‘rtalarida O‘zbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd MChJdagi davlat ulushini sotish istagini e’lon qilgandi. Spot’ning Coca Cola İçecek’ga tayanib yozishicha, kompaniya ulushni sotib olish uchun ariza bergan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“Kompaniyamiz O‘zbekistonni ko‘rib chiqmoqda… va kecha kechqurun savdolar jarayonining birinchi bosqichida ishtirok etish uchun CAMA’ga (Davlat aktivlarini boshqarish agentligi — tahr.) ariza berdi”, — deyiladi xabarda.

Agentlik Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd MChJ ustav kapitalidagi 57,118 foiz ulushini sotish niyatida.

Savdolar ochiq arizalar asosida tashkil etilgan bo‘lib, unda talablarga javob beradigan tomonlarning barchasi ishtirok etishi mumkin. Ular orasida, masalan, alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish va ularning savdosi sohasida kamida 7 yillik tajriba talab etiladi.

Coca Cola İçecek — alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi turk kompaniyasi bo‘lib, uning tarixi 1964-yilga borib taqaladi. 2002-yildan hozirgi nomda faoliyat ko‘rsatmoqda. Coca-Cola tuzilmasida eng muhim korxonalardan biri hisoblanib, 10 ta bozorga mahsulotlarini yetkazib beradi. Asosiy egalari Anadolu Efes (50,3 foiz) va The Coca-Cola Company (20,1 foiz) hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda O‘zbekiston hukumati Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd QKdagi ulushini xorijiy investorga sotmoqchi ekanligi ma’lum qilingan edi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bitimda vositachi sifatida ishtirok etishi kerak edi. Biroq keyinroq mamlakat hukumatining ustuvor rejalari o‘zgargani sabab jarayon to‘xtab qolgan edi. 2020-yilning mart oyida esa Coca-Cola O‘zbekistonga 31 million dollar investitsiya kiritishni rejalashtirayotgani, iyun oxirlarida esa Coca-Cola kompaniyasi ommaviy savdolar asosida xususiylashtirilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. 2020-yilning avgustida esa Coca-Cola’ning davlat ulushi ikkinchi marotaba sotuvga qo‘yilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi