O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirlar yakunida 30-dekabr kuni yilning eng yaxshilari aniqlandi.
Unga ko‘ra, 2020-yilning eng yaxshi sportchisi nomiga dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Davlat Bobonov munosib ko‘rildi.
Shuningdek, yana bir qator nominatsiyalarda g‘oliblar aniqlandi:
- Yilning eng yaxshi murabbiyi — Roman Shakirov, sambo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi;
- Yilning eng yaxshi sport shifokori — Sunnatilla Yo‘lchiyev, Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi sport travmatologi;
- Yilning eng yaxshi sport tashkiloti — O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)