Fransiyaning Louis Vuitton brendi kanop g‘ilofiga qadoqlanib, LV monogrammasi tushirilgan jigarrang varrakni sotuvga chiqardi. Modalar uyining an’anaviy bezaklariga ega varrak sotilayotgani to‘g‘risidagi xabar brend saytida paydo bo‘lgan.
Aksessuar o‘lchami 13x75x10 santimetrni tashkil etadi.
Varrakni rasmiy sayt orqali 10 400 dollarga xarid qilish mumkin.
Ushbu varrak birinchi bor 2019-yilning bahor-yozida Louis Vuitton erkaklar kolleksiyasining namoyishi vaqtida taqdim etilgan. O‘shda Virjil Ablo brendning kreativ direktori sifatida ilk namoyishini o‘tkazgan edi.
Louis Vuitton AirPods uchun mo‘ljallangan ziraklar ishlab chiqargani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga doir: Louis Vuitton rahbari bir haftada 8 mlrd dollarga boyidi
Izoh (0)