Fransiyaning eng mashhur brendlaridan biri bo‘lgan Louis Vuitton brendi AirPods quloqchinlari uchun taqinchoq ishlab chiqarishni boshladi. Bu haqda “Wiki.wildberries.ru” xabar berdi.

Foto: “Wiki.wildberries.ru”

Ta’kidlanishicha, quloqchinning ustki korpusiga taqish uchun mo‘ljallangan zirak tillarang ko‘rinishga ega.

Taqinchoq osig‘liq zanjir hamda brendning bosh harflari tushirilgan detal va emblema bilan bezatilgan bo‘lib, uning uzunligini egasi xohishiga qarab qisqartirishi mumkin.

Foto: “Wiki.wildberries.ru”

Louis Vuitton’ning rasmiy sahifasida 2020-yil iyul oyining so‘ngiga qadar paydo bo‘lishi kutilayotgan taqinchoq narxi 350 dollarni tashkil qiladi, deyiladi xabarda.