Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-dekabr kuni Oliy Majlisga murojaatnomasi davomida “Otalar so‘zi — aqlning ko‘zi” ko‘rsatuvining sonini ko‘paytirish kerakligini ta’kidladi.
“Markaziy telekanallarimizda namoyish etilayotgan ‘Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi’ ko‘rsatuvi soni ko‘paytirilib, mazmunan boyitilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi”, — dedi davlat rahbari.
Shuningdek, Prezidentning qayd etishicha, “Nuroniylar maslahati”, “Mahallada gurung” kabi yangi ko‘rsatuvlar tashkil etish mumkin.
Shavkat Mirziyoyevning alohida ta’kidlashicha, “nuroniy otaxon va onaxonlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz ham qarz, ham farzdir”.
Mavzuga doir:
- “Qiyin bo‘lyapti, lekin o‘rganyapmiz”. Shavkat Mirziyoyev so‘z erkinligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida
- Shavkat Mirziyoyev: Prezident saylovlari xalqaro tamoyillar asosida o‘tkazilishi kerak
- “Korrupsiyaga toqatsizlik hayotimiz bir qismiga aylanishi kerak” — Shavkat Mirziyoyev
- Andijonda 2021-yil nomi yozilgan banner Prezident murojaatnomasi tugamay o‘rnatildi
Izoh (0)